Sirdaryolik maktab bitiruvchilari yoshlar texnoparki faoliyati bilan tanishdilar

15.12.2023, 10:54

Sirdaryolik maktab bitiruvchilari yoshlar texnoparki faoliyati bilan tanishdilar

O’zLiDeP Sirdaryo viloyat Kengashi, Guliston tuman IMI va Innovatsion rivojlanish agentligi huzuridagi Sirdaryo viloyati yoshlar Texnoparki bilan hamkorlikda “Eksport taraqqiyot asosi” loyihasi doirasida sayohat tashkil qilindi.

Bitiruvchilar bu yerdagi zamonaviy yangi texnologiyalar bilan yaqindan tanishdi. Texnopark faoliyati 4 bosqichda amalga oshiriladi. Birinchi bosqich iqtidorli yoshlarni aniqlashga qaratilgan. Bunda tanlovlar o‘tkazilib, ularda saralab olingan salohiyatli yoshlar o‘zlarining bilim va ko‘nikmalari, g‘oyalari va loyihalari asosida yoshlar uyushmalarga a’zolikka qabul qilinadi.

Ikkinchisi, oliy ta’lim muassasalari, Yoshlar akademiyasi va Yoshlar parlamenti a’zolari safidan istiqbolli biznes loyiha va g‘oya egalari texnoparkka jalb qilinadi hamda ularning loyihalari rivojlantiriladi.

Kichik ishlab chiqarishni tashkil etish – bu navbatdagi bosqichdir. Yuqorida aytib o‘tilgan bosqichlarni bosib o‘tgan loyiha egalari Yoshlar texnoparkida kichik ishlab chiqarishni tashkil etadi. Bunda ushbu loyiha egalariga 3 oy muddatga bepul ofis xonalari taqdim etiladi. Keyinchalik 50 foizlik ijara asosida doimiy qolish imkoni taklif qilinadi. Marketing strategiyasi ishlab chiqiladi, mahalliy va xorijiy investorlar, turli fondlar va biznes angellar mablag‘lari yo‘naltiriladi. Startap loyihalar uchun davlat grantlari ajratish ham ko‘zda tutilgan

Tadbir so‘ngida yoshlarga zamonaviy kasblar tanlovi o‘z qo‘lida ekanligi tushuntirildi. Unda kadrlar tayyorlash hamda ilm fan natijalaridan foydalanishda ta’lim, ilm-fan, ishlab chiqarish sohalari o‘rtasida o‘zaro yaqin muloqot va hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishib olindi.

  • Ko'rildi
    103
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+