O’zLiDeP Toshkent shahar Kengashi qoshida “Volontyorlar klubi” tashkil qilindi

20.12.2023, 15:52

O’zLiDeP Toshkent shahar Kengashi qoshida “Volontyorlar klubi” tashkil qilindi

O’zLiDeP Toshkent shahar Kengashi “Yoshlar qanoti” tomonidan “Volontyorlar klubi” tashkil qilindi. Tadbirda O’zLiDeP Siyosiy Kengash Ijroiya Qo‘mitasi Yoshlar bo‘limi mudiri, partiya Toshkent shahar Kengashi raisining yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Otabek Sobitov, O’zLiDeP Toshkent shahar Kengashi Yoshlar bilan ishlash va biznes tuzilmalari bo‘limi mudiri Dilnoza Tajiyeva, yoshlar parlamenti a’zolari hamda  volontyor yoshlar ishtirok etishdi.

Keyingi yillarda mamlakatimizda volontyorlik faoliyatini rivojlantirishga, fuqarolarning ijtimoiy tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga, ularning ijtimoiy vazifalarni hal etishdagi mas’uliyatini, birdamligini va o‘zaro yordam berish ko‘nikmalarini kuchaytirishga qaratilgan huquqiy asoslar yaratildi.

Shu bilan birga volontyorlik faoliyatini yanada rivojlantirish ushbu faoliyatning qo‘llab-quvvatlanishini, volontyorlik faoliyatini amalga oshiruvchi sub’ektlar bilan davlat organlarining hamkorligi kuchaytirilishini, ijtimoiy vazifalarni hal qilishda volontyorlarga ko‘maklashilishini, ularning xizmatlari e’tirof etilishini hamda ularning faoliyatini rag‘batlantirish mexanizmlari takomillashtirilishini talab qilmoqda.

Mazkur Volontyorlar klubi O’zLiDeP Toshkent shahar Kengashi “Yoshlar qanoti” qoshida tashkil etilib, 120 nafar volontyor yoshlardan tashkil topgan. Ushbu guruhda yoshlar partiyaning maqsad va vazifalarini amalga oshirishda faoliyat yuritishadi.

Tadbir ko‘tarinki ruhda savol-javoblarga boy tarzda bo‘lib o‘tdi. Tadbir so‘ngida bir qator yoshlar tashakkurnoma bilan taqdirlandilar.

  • Ko'rildi
    132
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+