Yoshlar - Uchinchi Renessans bunyodkorlari

05.01.2024, 12:31

Yoshlar - Uchinchi Renessans bunyodkorlari

Ma’lumki, 2024 yil - "Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili" deb nomlandi. O’tgan yillarda boshlangan ishlarning mantiqiy davomi sifatida joriy yilda ham inson qadrini ulug‘lash, aholimiz manfaatlarini ta’minlash, buning uchun kuchli iqtisodiyot barpo etish asosiy vazifa bo‘lib qoladi.

Bu borada O’zbekiston Liberal-demokratik partiyasi ham o‘z oldiga qator ustuvor maqsad va vazifalarni belgilab olgan.

Partiyaning Sirdaryo viloyati kengashi hamda Milliy gvardiya viloyat boshqarmasi bilan hamkorlikda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti talabalari, iqtidorli yoshlar, O’zLiDePdan saylangan Qonunchilik palatasi huzuridagi yoshlar parlamenti a’zolari, “Yoshlar va Qonun” jamoasi hamda Milliy gvardiya yosh harbiy xizmatchilari ishtirokida tadbir tashkil qilindi.

“Yoshlar - Uchinchi Renessans bunyodkorlari!” mavzusida o‘tkazilgan tadbirda vatanparvarlik, huquqiy targ‘ibot hamda so‘ngi yillardagi muhim islohotlar haqida so‘z bordi. Xususan, yoshlarimiz sifatli ta’lim va tarbiya olib, barkamol shaxs bo‘lishlari uchun boshlagan ishlar izchil davom ettirilishi ta’kidlab o‘tildi.

Tadbir davomida yoshlar ham so‘z olib, o‘z fikrlari va takliflarini bildirib o‘tishdi.

  • Ko'rildi
    82
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+