O’zLiDePning Yosh siyosatchilari Qurolli Kuchlar Akademiyasi faoliyati bilan tanishdi

11.01.2024, 12:50

 O’zLiDePning Yosh siyosatchilari Qurolli Kuchlar Akademiyasi  faoliyati bilan tanishdi

Xabaringiz bor, Prezident raisligida joriy yilning 2 yanvar kuni mudofaa qurilishi va O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarini rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan xizmat yig‘ilishida  yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tayyorlashga hamda Qurolli Kuchlar tashkil etilganining 32 yilligi va Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlangan bayram tadbirlarini yuksak saviyada tayyorlash va o‘tkazish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

O’zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi tashabbusi bilan “Yosh siyosatchilar Ligasi” a’zolari ishtirokida Mudofaa vazirligi huzuridagi Qurolli Kuchlar Akademiyasida “Yoshlar va armiya - bir tanu bir jon!” mavzusida uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuvda Partiyaning faol yoshlari Qurolli Kuchlar Akademiyasi faoliyati (muzey, sport zal, kutubxona, jangavor shaylik bo‘yicha xizmat xonalari) bilan yaqindan tanishdilar. Shuningdek Akademiya boshlig‘ining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari polkovnik A.Ergashev tomonidan Qurolli Kuchlar tizimida yoshlar bilan olib borilayotgan ishlar holati, tizimi, yaratilgan shart-sharoitlar xususida ma’lumotlar berildi.

Partiyaning dasturiy maqsadlarida Yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga alohida ahamiyat qaratilgan bo‘lib, Partiya faollari, yoshlari bu jarayonlarda birgalikda harakatni kuchaytirishga kelishib olindi.

  • Ko'rildi
    81
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+