“UzAuto Motors” AJ Xorazm viloyati filiali 10 yoshda. Mazkur korxonada ikki mingdan ortiq O‘zLiDeP a’zosi faoliyat yuritmoqda

11.01.2024, 12:54

“UzAuto Motors” AJ Xorazm viloyati filiali 10 yoshda. Mazkur korxonada ikki mingdan ortiq O‘zLiDeP a’zosi faoliyat yuritmoqda

“UzAuto Motors” aksiyadorlik jamiyati Xorazm viloyati filiali  tashkil etilganining o‘n yilligi munosabati bilan soha xodimlari va faxriylar  uchun bayram tadbiri tashkil etildi.

Mazkur korxona dastlab 73,4 million AQSh dollarilik loyiha amalga oshirilib, yiliga 20 ming dona “Damas” ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi va 400 nafar ishchi o‘rni yaratilgan edi. Chekka bir viloyatda avtomobilsozlik sanoatini qisqa fursatda bu qadar rivojlantirish, albatta, oson bo‘lgani yo‘q. Soha uchun yetuk kadrlar, mutaxassislarni tayyorlash, ularni o‘qitish, malakalarini oshirishga katta e’tibor qaratildi.

Bugungi kunda 4000 nafarga yaqin ishchi-xizmatchi faoliyat olib borayotgan ulkan korxonada ikki mingdan ortiq O‘zLiDeP partiyasi xayrixohlari boshlang‘ich partiya safiga birlashgani alohida mavzu.

Davlatimiz rahbarining avtomobil sanoatini jadal rivoj lantirish borasidagi farmon va qarorlari asosida filialda 2022 yilga kelib, ishlab chiqarish quvvati 70 ming avtomobildan 100 mingga yetkazildi. Filial ish boshlagan ilk davrda yengil avtomobillarning butlovchi qismlarining aksariyati chetdan keltirilardi. Bu esa o‘z navbatida ish maromi va texnika tannarxiga jiddiy ta’sir ko‘rsatar edi. Shundan so‘ng qisqa fursatda bir qator mahalliylashtirish das turlari amalga oshirildi.

Misol uchun 53,3 million AQSh dollari qiymatidagi yangi presslash sexi qurilib, ishga tushirildi. Yangi sex ish boshlashi bilan “Damas” va “Labo” yengil mashinalarining chetdan olib kelinayotgan 266 turdagi muhrlangan butlovchi qismlarini shu yerning o‘zida ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. Ushbu loyihaning amalga oshirilishi natijasida korxonada yiliga 40 ming tonna metall listni qayta ishlash imkoni yaratildi va 50 million dollarlik import mahsulotlarni sotib olishga chek qo‘yildi.

Korxona jamoasining istiqboldagi maqsad-vazifalari yanada katta: Prezidentimizning saylovoldi dasturlarida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, ya’ni keyingi yillarda ishlab chiqarish quvvatini 150 mingtaga yetkazish bo‘yicha umumiy qiymati 12 million AQSh dollarlik investitsiya loyihasi amalga oshirish rejalashtirilgan. Ushbu loyiha to‘la amalga oshgach, yangitdan 400 ish o‘rni yaratiladi, ishlab chiqarish quvvati  11 325 milliard so‘mni tashkil qildi. 

“UzAuto Motors” aksiyadorlik jamiyati a’zolarining shukuhli bayram tadbirida O‘zLiDeP Xorazm viloyat kengashi raisi Islom Fayzullayev ishtirok etib, yurtimizning avtomobilsozlik salohiyatini yanada yaxshilashga katta hissa qo‘shayotgan  ahil jamoani qutlab, fidoyilik namunalarini ko‘rsatib kelayotgan bir guruh soha xodimlariga partiya viloyat kengashining qimmatbaho sovg‘alari va tashakkurnomalarini topshirdi. 

O‘zLiDeP Xorazm viloyat kengashi

matbuot xizmati

Teglar
BPT
  • Ko'rildi
    114
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+