Xorazmlik talaba yoshlarning takliflari tinglandi

15.01.2024, 16:39

Xorazmlik talaba yoshlarning takliflari tinglandi

Toshkent Tibbiyot Akademiyasi Urganch filialida “Yangi avlod kadrlari” loyihasi doirasida “Kelejak liderlari O’zLiDePni tanlaydi” mavzusida talaba yoshlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Ta’kidlanganidek, so‘nggi yillarda mamlakatimizda barcha sohalarni isloh etishga qaratilgan keng ko‘lamli yangilanishlar amalga oshirilib, rahbar kadrlarni aholiga va har bir oilaga yanada yaqinlashtirish, ular boshqarayotgan tizimni chinakam xalqchil tuzilmaga aylantirish maqsadida kadrlar tayyorlashning zamonaviy mexanizmlari amaliyotga tatbiq qilinmoqda.

Davra suhbatida “O’zbekiston – 2030” strategiyasi yoshlar masalasida qator vazifalar belgilab berilgani ta’kidlab o‘tildi. 

– Partiyamiz tomonidan amalga oshirilayotgan “Yangi avlod kadrlari” loyihasining asosiy maqsadi yosh istiqbolli kadrlarni aniqlash, malakasini oshirish, ularni hokimiyat organlariga, davlat va xo‘jalik boshqaruvi hamda partiya tizimiga ishga jalb etish, yosh mutaxassislarning samarali faoliyat yuritishlariga ko‘maklashishga qaratilgan, – deydi O‘zLiDeP Xorazm viloyat Kengashi bo‘lim mudiri Shuxrat Atajanov. – Qolaversa, har jihatdan yetuk va salohiyatli yoshlar zaxirasini shakllantirish, ularni rahbarlik vazifalariga tayyorlash va tavsiya etish ko‘zda tutilgan. 

Davra suhbati davomida talabalarning mavzu doirasidagi ishlarning samaradorligini oshirish bo‘yicha taklif, fikr va mulohazalari tinglandi. Ularni qiziqtirgan savollarga deputatlar va partiyaning viloyat Kengashi mas’ullari atroflicha javoblar berdi. Tadbir davomida 10 nafar faol va tashabbuskor talabalar partiya kadrlar zaxirasiga olindi.

  • Ko'rildi
    89
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+