Yoshlarning g‘oya va tashabbuslari deputatlar nazoratiga olindi

23.01.2024, 12:17

Yoshlarning g‘oya va tashabbuslari deputatlar nazoratiga olindi

O’zLiDeP Namangan viloyat Kengashi Yoshlar va biznes tuzilmalar bilan ishlash bo‘limi tomonidan Namangan davlat universiteti axborot resurs markazida "Parlamentda mening o‘rnim" loyihasi doirasida universititet talabalari bilan "Deputat va yoshlar" uchrashuvi tashkil etildi.

Uchrashuvda so‘z olgan deputatlar bugungi kunda mamlakatimizda yoshlarning ta’lim olishlari, o‘z iqtidorlarini namoyon qilishlari uchun qaratilayotgan e’tibor to‘g‘risida so‘z yuritdilar.

Ochiq muloqot tarzida tashkil etilgan ushbu uchrashuvda 10 ga yaqin talabalar deputatlarga turli xil masalalar bilan murojaat qilishdi. Talalabalar tomonidan ko‘plab jo‘yali taklif va mulohazalar ham o‘rtaga tashlandi.

Uchrashuv davomida talabalarning barcha savollariga batafsil javoblar qaytarildi. Taklif va mulohazalar umumlashtirildi. Talabalar tomonidan qilingan barcha murojaatlar deputat nazoratiga olinadigan bo‘ldi.

  • Ko'rildi
    59
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+