Deputat yoshlar yetakchilari bilan o‘zaro fikr almashdilar

30.01.2024, 10:12

Deputat yoshlar yetakchilari bilan o‘zaro fikr almashdilar

O’zLiDeP Farg‘ona viloyat Kengashi Yoshlar va biznes tuzilmalar bilan ishlash bo‘limi tomonidan «Parlamentda yoshlarning o‘rni» loyiha doirasida Bag‘dod tumanida joylashgan «Yoshlar markazi»da «Deputat va yoshlar» uchrashuvi tashkil etildi.

Uchrashuvda so‘zga chiqqanlar «Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash» yilida belgilab berilgan vazifalar ijrosi yuzasidan yoshlar yetakchilari bilan o‘zaro fikr almashdilar. Yoshlar yetakchilari tomonidan bevosita o‘z ishlari davomida yuzaga kelgan muammolar yuzasidan berilgan savollarga deputat tomonidan javoblar berildi.

Tadbir natijasi sifatida 20 nafardan ziyod yoshlar yetakchilari partiya safiga qabul qilindi.

  • Ko'rildi
    81
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+