YTHlar qachon kamayadi?

22.02.2024, 09:30

YTHlar qachon kamayadi?

O’zLiDeP Xorazm viloyat kengashi tashabbusi bilan viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi majlislar zalida yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash, piyodalar ishtirokidagi yo‘l-transport hodisalarining oldini olish bilan bog‘liq mavzularda uchrashuv tashkil etildi.

Xorazm viloyati IIB Jamoat xavfsizligi xizmati, Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi boshlig‘i M.Xudoyberganov, avvalo, yo‘l harakati ishtirokchilari va haydovchilarning harakatlanish madaniyatini oshirish eng  maqbul chora ekanligini ta’kidladi. Shuningdek, YTHlar sonini kamaytirish, fuqarolar va soha vakillari mas’uliyatini yanada oshirish, asosiysi, mutaxassislar oldiga sun’iy intellekt imkoniyatlaridan foydalangan holda viloyat transportini rivojlantirishga ko‘maklashish, harakatni yaxshilash, tirbandlikni kamaytirish va texnikalarning atrof-muhitga ta’sirini minimallashtirishni nazarda tutuvchi qator yechimlar va zamonaviy yangiliklarni joriy etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida batafsil ma’lumot berdi.

Muhokamalar jarayonida O’zLiDePdan saylangan deputatlar, faollar yo‘l harakati xavfsizligi xizmati vakillari bilan muntazam muloqotlar o‘tkazish, ayniqsa, bu borada jamoatchilik nazoratini kuchaytirish bo‘yicha o‘z taklif-mulohazalarini bildirishdi.

O’zLiDeP Xorazm viloyat kengashi

matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    92
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+