Boshlang‘ich partiya tashkilotining hisoboti tinglandi

29.02.2024, 11:46

Boshlang‘ich partiya tashkilotining hisoboti tinglandi

O’zLiDeP Yangiqo‘rg‘on tuman Kengashi huzurida faoliyat yuritayotgan tuman madaniyat bo‘limida tashkil etilgan boshlang‘ich partiya tashkilotining navbatdagi hisobot-saylov yig‘ilishida quyi bo‘g‘inning 2023 yildagi faoliyati ko‘rib chiqilib, 2024 yildagi ish rejasi ham tasdiqlab olindi.

Partiyaning jamiyatdagi nufuzini oshirish uchun quyi bo‘g‘in yetakchisi siyosiy jihatdan yetuk, zamon bilan hamnafas bo‘lishlari kerak. Shu maqsadda joylarda bo‘lib o‘tayotgan hisobot-saylov yig‘ilishlarida BPT raisligiga elektoratimiz manfaatlarini to‘liq himoya qilishga qodir, tayanch bo‘g‘in safiga yangi a’zolarni jalb qila oladigan faol va tashabbuskor yetakchilarni saylashga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Shuningdek, boshlang‘ich partiya tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirishda ularga partiyaviy uslubiy qo‘llanmalarni o‘z vaqtida bilan ta’minlash, mahalliy kengashdagi O’zLiDeP deputatlik guruhi a’zolari bilan doimiy hamkorlikni kuchaytirish masalasi ham e’tiborimizdan bir soniya bo‘lsada chetda qolmasligi lozim, - deydi O’zLiDeP Yangiqo‘rg‘on tuman Kengashi apparat rahbari G.Qosimova.

Viloyat Kengashi xodimlari ishtirokida o‘tkazilgan hisobot saylov yig‘ilishida kun tartibidagi barcha masalalar muhokama etildi. Boshlang‘ich partiya tashkilotining 2023 yil davomidagi faoliyati qoniqarli topilib, quyi bo‘g‘in yetakchiligiga M.Mirzaabdullayeva nomzodi qayta saylandi.

Tadbir so‘ngida partiya safiga yangidan qabul qilingan 15 nafar a’zolarga partiya a’zolik guvohnomalari va targ‘ibot materiallari topshirildi.

O’zLiDeP  Namangan viloyati Kengashi

Matbuot xizmati

Teglar
BPT
  • Ko'rildi
    32
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+