Partiyaning eng faol quyi bo‘g‘ini faoliyati sarhisob qilindi
14.03.2024, 18:24
Sirdaryo viloyatida faoliyat yuritayotgan Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabida tashkil qilingan O‘zLiDeP boshlang‘ich partiya tashkilotining navbatdagi hisobot-saylov yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda quyi bo‘g‘inning 2023 yildagi faoliyati ko‘rib chiqilib, 2024 yildagi ish rejasi ham tasdiqlab olindi.
Partiyaning jamiyatdagi nufuzini oshirish uchun quyi bo‘g‘in yetakchisi siyosiy jihatdan yetuk, komil va zamon bilan hamnafas bo‘lishi kerak. Shu maqsadda joylarda bo‘lib o‘tayotgan hisobot-saylov yig‘ilishlarida BPT raisligiga elektoratimiz manfaatlarini to‘liq himoya qilishga qodir, tayanch bo‘g‘in safiga yangi a’zolarni jalb qila oladigan faol va tashabbuskor yetakchilarni saylashga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Shuningdek, boshlang‘ich partiya tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirishda ularga partiyaviy uslubiy qo‘llanmalari bilan ta’minlash, mahalliy kengashdagi partiya deputatlik guruhi a’zolari bilan doimiy hamkorlikni kuchaytirish masalasi ham ta’kidlab o‘tildi.
O’tkazilgan hisobot-saylov yig‘ilishida kun tartibidagi barcha masalalar muhokama etildi. Boshlang‘ich partiya tashkilotining 2023 yil davomidagi faoliyati qoniqarli topilib, quyi bo‘g‘in yetakchiligiga Pokiza Ahmedjanova nomzodi qayta saylandi.
O'xshash yangiliklar
-
Ta’lim sohasi vakillari partiya targ‘ibotida faol
09.04.2024, 20:15
-
“Bunyodkor tekstilda” quyi bo‘g‘in faoliyati jonlanmoqda
08.04.2024, 17:01
-
217 nafar partiya a’zosi bo‘lgan korxonadagi quyi bo‘g‘inning faoliyatiga baho berildi
05.04.2024, 12:57
-
Viloyat hokimi o‘rinbosarining hisoboti eshitildi
04.04.2024, 11:09
-
Buxorolik maslakdoshlarimiz safi tobora kengayib bormoqda
02.04.2024, 16:56
Fikringizni qoldiring