Jazoni ijro etish muassasasida uchrashuv o‘tkazildi

16.03.2024, 15:05

Jazoni ijro etish muassasasida uchrashuv o‘tkazildi

Navoiy shahridagi 11-son Jazoni ijro etish muassasasida O’zLiDeP Navoiy viloyati kengashi tomonidan “Biz jamiyatga kerakmiz” loyihasi doirasida  davra suhbati tashkil etildi.

Uchrashuvda Prezidentimizning “O’zbekiston-2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi farmoni ma’zmun-mohiyati tushuntirildi.

Tadbirirda so‘z olganlar mazkur farmonda xalq manfaatlariga yo‘naltirilgan boshqaruv tizimini yanada takomillashtirish, har bir insonga o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun munosib sharoitlar yaratishdek muhim maqsadlar ilgari surilgan.

Ayniqsa, yoshlarning salohiyati, iste’dodi va tashabbuslarini to‘laqonli ro‘yobga chiqarish bo‘yicha aniq yo‘nalishlar alohida qayd etilgan. Ushbu farmonda yoshlar uchun yangi imkoniyatlar tilga olindiki, bu Yangi O’zbekitondagi yoshlarimizning dunyoqarashini tubdan o‘zgartirishga asos bo‘ladi, desak to‘g‘ri bo‘ladi.

Aytish mumkinki, farmon  yosh avlodni har tomonlama yetuk va barkamol, intellektual salohiyatli, o‘z qat’iy pozitsiyasiga ega, yurtda amalga oshirilayotgan islohotlarga befarq bo‘lmagan, intiluvchan, serg‘ayrat, vatanparvar, sadoqatli, komil shaxslar sifatida tarbiyalash borasida boshlangan ishlarni yangi bosqichga olib chiqishda dasturilamal bo‘ladi. Bu esa O’zbekistonni dunyoning eng rivojlangan davlatlari safidan o‘rin olishining kafolatidir.

Yig‘ilish so‘ngida mahkumlar tomonidan berilgan savollarga mutassadlilar tomonidan tegishli javoblar berildi.

A.Uzoqov,

O'zLiDeP Navoiy viloyati Kengash

mutbuot kotibi

 

  • Ko'rildi
    45
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+