Ohangaronda bepul tibbiy ko‘rik o‘tkazildi

16.03.2024, 15:09

Ohangaronda bepul tibbiy ko‘rik o‘tkazildi

O’zLiDeP “Ayollar qanoti” vakillari “Sog‘lom oila-mustahkam oila” loyihasi doirasida ayollarning sog‘ligini mustahkamlash, tibbiy savodxonligini oshirish hamda ular o‘rtasida saraton kasalligini oldini olish, erta tashxislash maqsadida xotin-qizlar orasida targ‘ibot tadbirlarini amalga oshirib, bepul tibbiy ko‘riklar tashkil etib kelishmoqda.

Ohangaron tumanining olis hududi bo‘lgan “Eyvalek” mahalla fuqarolar yig‘inida joylashgan oilaviy poliklinikada o‘tkazilgan navbatdagi bepul tibbiy ko‘rik ham xotin-qizlar o‘rtasida ko‘krak bezi saratonining oldini olish, erta tashxislash, kasallikning oldini olish maqsadida tashkil etildi.

“O’zLiDeP siz bilan!” shiori ostida o‘tkazilgan tadbirda tibbiyot fanlari doktori, oliy toifali vrach onko-mammolog Dilobar Mirraximova, partiya Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi bo‘lim mudiri Sevara Muslimova, viloyat Kengashi bo‘limi mudiri Diyora Boltayeva hamda “Eyvalek” MFYda istiqomat qiluvchi xotin-qizlar ishtirok etishdi.

Tadbirda yetuk, tajribali mutaxassisning ko‘krak bezi saratonining oldini olishga qaratilgan taqdimotli ma’ruzasi tinglandi.

Tadbir ishtirokchilari kasallikni keltirib chiqaruvchi omillar, uning oldini olish usullari haqida batafsil ma’lumotga ega bo‘lish bilan bir qatorda o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassisdan to‘laqonli javoblar olishdi.

Targ‘ibot tadbiri mobaynida tibbiyot fanlari doktori, oliy toifali vrach onko-mammolog Dilobar Mirraximovaning individual tartibdagi bepul tibbiy ko‘rigi tashkil etildi. Unda mahallaning 40 dan ortiq xotin-qizlari bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Ularga mutaxassis tomonidan tegishli tibbiy ko‘rsatma va tavsiyalar berildi.

Zuxro Mirzohamdamova,

O’zLiDeP Toshkent viloyat kengashi bo‘lim mudiri

  • Ko'rildi
    30
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+