Talaba yoshlarning tadbirkorlikka oid qiziqishlari yanada ortdi

22.03.2024, 12:24

Talaba yoshlarning tadbirkorlikka oid qiziqishlari yanada ortdi

O’zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi tomonidan Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetida bank sohasi vakillari ishtirokida  talaba yoshlar bilan uchrashuv tashkil qilindi.

Uchrashuvda asosan mamlakatimizda keyingi yillari amalga oshirilayotgan islohotlar, ayniqsa bank sohasiga oid ishlar, xususan, yoshlarning bank sohasiga oid bilim va ko‘nikmalarini yanada mustahkamlash, kredit olishning tartib-tomillari, subsidiya va ta’lim kreditiga oid, ijtimoiy tarmoqlar orqali turli xil mazmundagi pul bilan bog‘liq o‘yinlarning girdoviga tushib qolmaslik, ularning oldini olish bo‘yicha masalalar muhokama kilindi.

Hayotga katta orzular bilan kirib kelayotgan yoshlar uchun tobora ko‘proq imkoniyatlar yaratilmoqda. Ularning oliy ta’limga qamrovini kengaytirish, o‘qishi, ma’naviyatining to‘g‘ri shakllanishi, tadbirkorlik ko‘nikmalariga, mehnat bandligini ta’minlash yo‘lida barcha imkoniyatlar ishga solinmoqda. Ayniqsa, yoshlarning bank sohasiga oid bilimini mustahkamlash, kredit olib o‘z tadbirkorligini yo‘lga qo‘yishiga ko‘maklashish muhim ahamiyat kasb etadi.

Shu maqsadda Respublika Markaziy bank Qoraqalpog‘iston Respublikasi Bosh boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i, Xalq deputatlari Nukus shahar Kengashi deputati Mirat Qasimov va boshqalar talaba yoshlarga ham o‘kish bilan birgalikda kredit olib tadbirkorlik bilan shug‘ullanishga,  bank tomonidan berilayotgan imtiyozli kreditlar bo‘yicha batafsil ma’lumotlar berib o‘tdi.

Uchrashuv davomida talaba yoshlar bank sohasiga kreditga oid o‘zlarini qiziqtirgan savollariga soha vakillaridan atroflicha javoblar olishdi. 

O’zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Kengashi matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    24
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+