Jomboy tumanidagi partiya quyi bo‘g‘inlari faoliyati sarhisob qilindi

22.03.2024, 14:36

Jomboy tumanidagi partiya quyi bo‘g‘inlari faoliyati sarhisob qilindi

O‘zLiDeP Jomboy tuman tashkiloti tarkibida 70 ta BPT bo‘lib, ular o‘z safiga 7300 nafar a’zoni birlashtirgan. Shu kungacha 53 tasida navbatdagi hisobot-saylov yig‘ilishlari bo‘lib o‘tdi.

Jumladan, 50 nafarga yaqin partiya a’zolari bo‘lgan Jomboy tumanidagi “SAG AGRO” MChJ ga qarashli “In vitro” laboratoriyasida faoliyat olib borayotgan quyi bo‘g‘inning sarhisob yig‘ilishi o‘tkazildi.

Ma’lumot  o‘rnida bugungi kunda mazkur  laboratoriyada 100 dan ortiq doimiy va 250 nafar mavsumiy ishchilar faoliyat yuritadi.

Laboratoriya uchun jami 24 gektar yer ajratib berilgan bo‘lib, shundan 0.24 gektar yer maydonida laboratoriya, 2 gektar maydonda zamonaviy issiqxona qurib bitkazilgan va 3 gektar yangi issiqxona qurish rejalashtirilgan. Qolgan 18 gektardan ortiq  yer maydonida esa O’zbekiston Respublikasida uchramaydigan 65 xil mevali daraxtlar ko‘chatlari, onalik materiallari  olib kelinib parvarish qilinmoqda.

Laboratoriyada yong‘oq, bodom, shaftoli, gilos o‘rik, nok va olma kabi mevali daraxtlarning turli kasallik va zararkunandalardan holi bo‘lgan hamda qirg‘oqchilikka chidamli, mahalliy turli iqlim sharoitiga mos navlarining klon payvandtaglari va payvandlangan ko‘chatlari yetishtirilmoqda.

“In vitro” laboratoriyasi 2024 yilda to‘liq quvvat bilan ishga tushurilib yillik quvvati 12 mln dona o‘simlik materiallari ishlab chiqarish ko‘zda tutilgan.

Yig‘ilishda so‘z olganlar BPT tomonidan hisobot davrida joylarda partiyaviy targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib borishda muayyan natijalarga erishilganligi, joriy 2024 yilda ham partiya a’zolari zimmasida katta mas’uliyat borligini ta’kidladilar. “O’zbekiston-2030” strategiyasi va “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturida belgilangan vazifalardan kelib chiqqan holda ular faoliyat olib borishlari zarurligiga alohida e’tibor qaratdilar. Ushbu vazifalardan kelib chiqib BPTning 2024 yildagi ish rejasini tasdiqladilar.

Yig‘ilishda muhokama etilgan masalalar bo‘yicha tegishli qaror qabul qilinib, BPT raisligiga E.Bozorov qayta saylandi.

Zebi Yusupova,

O‘zLiDeP Jomboy tuman Kengashi apparat rahbari

Teglar
BPT
  • Ko'rildi
    32
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+