Yoshlar masalasi jamoatchilik nazoratida

28.03.2024, 16:24

Yoshlar masalasi jamoatchilik nazoratida

O‘zLiDeP Konimex tumani kengashi tashabbusi bilan tuman hududida ishsiz yoshlarni tadbirkorlikka jalb etish, ularni bandligini taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan navbatdagi jamoatchilik nazorati eshituvi tashkil etildi.

Hududlarda o‘tkazilayotgan jamoatchilik nazorati tadbirlari natijasida  aholini qiynab kelayotgan og‘riqli muammolar xalq vakillari bo‘lgan deputatlar tomonidan chuqur o‘rganilib, mutasaddi tashkilotlarning bu boradagi hisobotlari eshitilmoqda hamda tizimli ravishda ijobiy hal qilinmoqda.

Jamoatchilik nazorati eshituvida deputatlar tomonidan tuman hokimining o‘rinbosari Medgat Tulegenovning hisoboti tinglandi. Taʼkidlanganidek, 2023 yilda har bir mahallada yoshlar balansi shakllantirildi va bu orqali 9 010 nafar yoshlar 3 toifaga ajratilib (6193 - “yashil”, 2817 - “sariq” va 198 - “og‘ir”) ular bilan individual ishlash tizimi joriy etildi.

“Yoshlar balansi” asosida 198 nafar (2,2 foiz) “og‘ir” toifadagi yoshlar jami 34 nafar rahbarlarga nomma-nom biriktirildi. Biriktirilgan masʼullar tomonidan uchrashuvlar o‘tkazilib, uchrashuvlar davomida 198 nafar yoshlarning muammolari aniqlanib, “yo‘l xaritalari” ishlab chiqildi va barchasi ijobiy hal etildi.

“Yoshlar balansi” asosida ishsiz va ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan 855 nafari “Yshlar daftari”ga kiritilib, ularning 855 nafari yoki 100 foiziga amaliy yordam ko‘rsatildi.

Shuningdek, yoshlarning iqtisodiy imkoniyatlarini yaxshilash va ularning bandligini taʼminlash maqsadida har bir mahallada “fuqarobay” tasdiqlangan “Yoshlar bandligi dasturi” ham amalga oshirilib, dasturga kiritilgan 492 nafar yoshlar bandligini taʼminlandi, shundan 112 nafar mehnat bozoriga kirib kelgan maktab bitiruvchilari hisoblanadi.

Bundan tashqari, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning hukuqiy savodxonligini oshirish, yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklarni oldini olishga qaratilgan jami 201 ta loyiha va tadbirlar o‘tkazilib, ularda 8 ming nafar yoshlar qamrab olindi.

 Yig‘ilishda ko‘rilgan masala yuzasidan taklif va fikr-mulohazalar umumlashtirilgan holda Xalq deputatlari Karmana tuman kengashining doimiy komissiyasiga taqdim etildi.

  • Ko'rildi
    26
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+