VODIYMEDIA.UZ: Deputat degani mana bunaqa bo‘ladi! Namanganlik deputat saylovoldi va’dasini deputat bo‘lgan kuni bajardi!

28.09.2017, 14:25

VODIYMEDIA.UZ: Deputat degani mana bunaqa bo‘ladi! Namanganlik deputat saylovoldi va’dasini deputat bo‘lgan kuni bajardi!

Xalq deputatlari Namangan shahar kengashining bo‘shab qolgan deputatlik o‘rni uchun 28-Yakkkatut saylov okrugidan nomzodlar saylovchilar bilan uchrashuv chog‘ida o‘zaro debat o‘tkazishgandi. Saylovchilarni qiziqtirgan asosiy mahalliy muammo – hududda joylashgan 75-umumta’lim maktabi oldiga svetofor o‘rnatish masalasi bo‘lgandi.

“Namangan-Uchqo‘rg‘on” avtomagistral yo‘li ustida joylashgan bu nuqtadan bir soatda 2500 ta avtomobil o‘tadi. Piyodalar o‘tish joyidan esa kunning qizg‘in paytida 500 dan ziyod yo‘lovchi kesib o‘tadi.

Mazkur hududda yashovchi fuqarolarning guvohlik berishlaricha, o‘tgan bir yil davomida sakkizta avtotansport hodisasi sodir bo‘lgan. Unda besh nafar fuqaro vafot etgan. Uch nafar yo‘lovchi turli darajada tan jarohati olgan. Bu holatlarni e’tiborga olganda, saylovchilar uchun global masalalardan ko‘ra, bu yerga svetofor o‘rnatilishi ahamiyatliroq jihat ekani ma’lum bo‘ladi.

Uchrashuvda so‘zga chiqqan deputatlikka nomzod - Ma’ruf Mo‘minov bir fikr bildirdi. “Men saylanamanmi - yo‘qmi, tegishli idoralarni jalb etib, svetofor o‘rnatilishini ijobiy hal etaman”.

Deputatlikka nomzod saylovoldi uchrashuvidan keyinoq viloyat hokimining maxsus ekspluatatsiya montaj bo‘limiga uchradi. Bo‘lim boshlig‘i masalaga jiddiy yondashib, darrov xodimlarga kerakli topshiriqlarni berdi, ishchilarni ajratdi. Yuqorida qayd etilgan joydagi piyodalar yo‘lkasi rangli bo‘yoq bilan ajratildi. Maktabga yaqin hududga tezlikni cheklovchi yo‘l belgilari o‘rnatildi.

Nihoyat 17 sentabr kuni xalq deputatlari Namangan shahar kengashiga saylov bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zLiDeP a’zosi, “Namangan kitob olami” MChJ direktori Ma’ruf Mo‘minov eng ko‘p ovoz oldi. Bu haqda Namangan shahar saylov komissiyasining qarori e’lon qilindi.

Ma’ruf Mo‘minov shu kuniyoq tegishli idoralar bilan bog‘landi. O‘zi ham uchastka mexanigi bilan ish ustida bo‘ldi. Maktab qarshisida haydovchi va piyodalarga qulaylik bo‘lishi uchun svetofor o‘rnatildi. Shunday qilib, haydovchi va piyodalarning ko‘p yillik orzusi ushaldi, talabi qondirildi. Bu esa xalq bilan muloqotda ko‘tarilgan masalalarning ijobiy yechimidir.

Vodiymedia.uz

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1183
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Даврон Темиров O`zLiDeP Бўка туман Кенгаши ижрочи котиби2018-07-14 11:39:36

Президентимизнинг ушбу қарори асосида мамлакат ташқарисига кетаётган фуқароларнинг меҳнат ва ижтимоий ҳуқуқлари ташқи меҳнат миграцияси тизими фаолиятини тубдан такомиллаштиради ва хорижга ишга кетаётган фуқароларимиз ижтимоий химоясини кафолатлайди.


Элмуродов Фарход Бойманович-Кашкадарё вилоят Чироқчи туман кенгаши2018-07-12 17:36:27

Ўзбекистон Республикаси Президентининг “Ўзбекистон Республикасининг ташқи меҳнат миграция тизимини янада такомиллаштириш бўйича қўшимча чора-тадбирлар тўғрисида”ги қарорининг қабул қилиниши , ташқи меҳнат миграцияси тизимини янада такомиллаштиришга , унинг ташкилий шаклларини тубдан кенгайтиришга , меҳнат фаолиятини амалга ошириш учун республика ташқарисига кетаётган фуқароларнинг меҳнат ва ижтимоий ҳуқуқлари ҳимоя қилинишини таъминлашга хизмат килади


O`zLiDeP Бухоро туман Кенгаши раисининг биринчи ўринбосари-аппарат раҳбари - Саттор Бафоев2018-07-11 09:03:33

Хорижда ишлаётган фуқаролар Пенсия жамғармасига энг кам иш хақининг тўрт ярим баравари миқдорида йиллик суғурта тўловларини тўлаган тақдирда тўловлар амалга оширилган даврлар меҳнат стажига қўшилиши бу улар учун ҳуқуқий ҳимоядир.


Олим Норжигитов, Жиззах вилояти 2018-07-10 18:01:23

Президентимизнинг “Ўзбекистон Республикасининг ташқи меҳнат миграция тизимини янада такомиллаштириш бўйича қўшимча чора-тадбирлар тўғрисида”ги қарори асосида мамлакат ташқарисига кетаётган фуқароларнинг меҳнат ва ижтимоий ҳуқуқлари ҳимоя қилиниши тўлиқ таъминланади.


Кадиров Жасурбек - O`zLiDeP Олмазор туман Кенгаши раисининг биринчи ўринбосари-аппарат раҳбари2018-07-10 15:29:34

Юртбошимиз ташббуси билан қабул қилинган мазкур қарор ташқи меҳнат миграцияси тизимини янада такомиллаштириш, унинг ташкилий шаклларини тубдан кенгайтириш, меҳнат фаолиятини амалга ошириш учун мамлакат ташқарисига кетаётган фуқароларнинг меҳнат ва ижтимоий ҳуқуқлари ҳимоя қилинишини таъминлашга хизмат қилади. Мамлактимизда барча ислохотлар қаторида меҳнат миграциясига ҳам муносабат тубдан ўзгармоқда.


Fikringizni qoldiring

+