O‘zLiDeP faoli Shovot tumanida “Sirius stoma dent” MChJ xususiy klinikasini ochdi va aholi uchun bepul tibbiy ko‘rik tashkil qildi

19.04.2018, 10:37

O‘zLiDeP faoli Shovot tumanida “Sirius stoma dent” MChJ xususiy klinikasini ochdi va aholi uchun bepul tibbiy ko‘rik tashkil qildi

Shovot tumanidagi “Sirius stoma dent” MChJ diagnostika markazi va stamatologiya klinikasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zLiDeP Xorazm viloyat va tuman Kengashlarining mas’ul xodimlari, Shovot tuman xokimligi, tuman sog‘liqni saqlash boshqarmasi ishtirok etdi.

Tadbirdan ko‘zlangan maqsad Shovot tumanida aholiga arzon va sifatli tibbiy xizmatlar joriy etilgani, mazkur klinikada xizmat ko‘rsatish turlari va sifati borasida, kasalliklarning qanday turlariga da’vo topilishi, unda yaratilib berilgan shart-sharoitlar to‘g‘risida aholini xabardor qilish va tibbiy ko‘rikdan o‘z vaqtida o‘tib turishlarini ta’minlashdan iborat.

Ta’kidlash kerak, O‘zLiDeP Shovot tuman Kengashi Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha rais o‘rinbosari Murodjon Xayitboyev va partiya faoli San’at Xayitboyevlar tashabbusi bilan tashkil etilgan mazkur klinikada klinik laboratoriya, IFA, UZI, stomatologiya, terapiya kabi yo‘nalishlarda malakali vrachlar faoliyat yuritadi.

–Klinikamiz 2017 yilda davlat dasturga kiritilgan bo‘lib, 50 ming AQSh dollar miqdoridagi kredit va 785 mln  investitsiya hisobiga ishga tushurilgan, – deydi klinika bosh shifokori San’atbek Xayitboyev. – Ayni chog‘da klinikamizda 6 nafar malakali shifokorlar mehnat qilmoqda. E’tiborlisi, klinikamizda ish boshlagan stomatologlar, malakali vrachlarning barchasi katta tajribaga ega bo‘lgan mutaxassislardan iborat.

Tadbir so‘nggida klinikada xotin-qizlar va yoshi ulug‘lar uchun bepul tibbiy ko‘rik tashkil etilib, kasalligi aniqlangan fuqarolarga zarur maslahatlar berildi.  

 Nilufar DJABBAROVA,

O‘zLiDeP Xorazm viloyat Kengashi

matbuot xizmati kotibi

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1705
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+