O‘zLiDePning “Obod ko‘chasi” doirasida Bo‘z tumanidagi 16 maktab binosi kapital ta’mirlanyapti

25.04.2018, 18:01

O‘zLiDePning “Obod ko‘chasi” doirasida  Bo‘z tumanidagi 16 maktab binosi kapital ta’mirlanyapti

“Obod qishloq” dasturi barcha sohalarda olib borilayotgan ishlarni sifatdan jihatdan yangi bosqichga ko‘tardi. Loyiha nafaqat hududlarni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish, balki bevosita deputatlik korpusi faoliyatini ham jadallashtirishda bosh mezon vazifasini o‘tamoqda.

Yaqinda bo‘lib o‘tgan Xalq deputatlari Bo‘z tuman Kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhi yig‘ilishida ham ayni mana omil bot-bot takrorlandi. Yig‘ilishda tuman moliya bo‘limi mutasaddilarining axboroti tinglandi. Hisobotda tumaning “Tafakkur” mahallasidagi O‘zLiDePning “Obod ko‘chasi” hududida joylashgan 16-umumta’lim maktabi binosini ta’mirlash ishlari haqida ma’lumot berildi. Qayd etilishicha, mazkur ta’lim muassasi 1991 yilda tashkil etilib, 2006 yilda qayta rekonstruksiya qilingan, xolos. Oradan 10 yildan ziyod vaqt o‘tganiga qaramay, maktabda biror marta ham ta’mirlash ishlari olib borilmagan.

Ta’lim muassasasi partiya viloyat Kengashi tashabbusi va “Obod qishloq” loyihasi bahonasida qayta rekonstruksiya qilinmoqda. Ayni kunda bilim dargohidagi sinf xonalarini zamon talablariga mos qilib ta’mirlash, o‘quv binosi tomini mustahkamlash, xonalarni zaruriy o‘quv jihozlari bilan ta’minlash ishlari jadallik bilan olib borilmoqda. Eng muhimi, maktabda ta’lim olayotgan hududdagi 185 nafar o‘quvchi keyingi o‘quv yilidan boshlab ta’limni zamonaviy maktab binosida davom ettiradi.

Tuman moliya bo‘limi mutasaddilari tumanda tadbirkor va ishbilarmon ayollarni qo‘llab-quvvatlash, ularga amaliy yordam ko‘rsatish va tadbirkor ayollar safini kengaytirish, kafolatlangan budjet daromadlarini kengaytirish yuzasidan ham axborot berdi.

Muyassarxon  UMURZAQOVA,

O‘zLiDeP Andijon viloyat Kengashi

bo‘lim  mudiri

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1157
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+