Adabiyot – O‘zbek va Turkman xalqlari do‘stligining mustahkam asosi

25.04.2018, 19:31

Adabiyot – O‘zbek va Turkman xalqlari   do‘stligining mustahkam asosi

– O‘zbek xalqiga qon-qardosh bo‘lgan turkman millati bilan doimiy do‘stlik aloqalari keyingi yillarda yanada mustahkamlanayotgani mamlakatlarimiz rahbarlarining amalga oshirayotgan tashriflarda ham namoyon bo‘lmoqda.

 Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovning kuni kecha O‘zbekistonga qilgan davlat tashrifi doirasida qator ezgu va xayrli ishlar amalga oshirildi, ikki mamlakat o‘rtasida imzolangan bitimlar xalqlarimiz o‘rtasidagi do‘stlikni  yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda. Ayniqsa, O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda Turkmaniston aloqa vazirligi o‘rtasida har ikki davlat radioxizmatlari foydalanadigan 29,7 – 960 MGts radiochastota polosasidagi o‘zlashtirilgan radiochastotalarni o‘zaro muvofiqlashtirishning texnik asoslari bo‘yicha imzolangan bitimning ahamiyatini alohida qayd etish kerak. Chunki mazkur bitim orqali O‘zbekiston va Turkmaniston chegara hududlarida radiochastotalar va radioelektron vositalar (radio)ning elektromagnit moslashuvi, ya’ni xalaqitsiz ishlashini ta’minlash uchun texnik shart-sharoitlar yaratiladi. E’tiborli jihati, shundaki, ushbu bitimning imzolanishi bilan ikki qardosh xalqlar kundalik hayotidagi o‘zgarishlar, yangiliklardan radiotuzilmalar orqali bemalol xabardor bo‘ladilar.

Ikki davlat rahbarlarining Toshkentdagi  Maxtumquli ko‘chasiga tashrif buyurishi adabiyot xalqlarimizni bog‘lab turgan eng muhim bo‘g‘in ekanini yana bir karra isbotladi. 

Ma’lumki, Prezidentimiz tashabbusi bilan poytaxtimizning markaziy ko‘chalaridan biriga buyuk turkman shoirining nomi berilgan edi. Bu yerda barpo etilgan so‘lim xiyobon hamda Maxtumquli siymosiga atab o‘rnatilgan monument ham badiiy ijodda ham ikki xalqning o‘zaro hamfikrliligidan darak. Biz aynan mana shu siymo orqali o‘zbek va turkman xalqlari do‘stligini yoshlarimizga ibrat namunasini ko‘rsata bilishimiz kerak. Prezident Gurbanguli Berdimuhamedovning turkman xalqi, adabiyoti va madaniyatiga ko‘rsatgan hurmati uchun davlatimiz rahbariga bildirgan minnatdorchiligi zamirida ham aslida o‘zaro hurmat va oqibatni, hamkorlikni, do‘stlikni ulug‘lash, qadrlash, rivojlantirishdek ezgu maqsad mujassamligini bilish qiyin emas. 

Muyassarxon UMURZAQOVA, O‘zLiDeP

Andijon viloyat Kengashi mafkuraviy

tashviqot-targ‘ibot ishlari bo‘limi mudiri

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1377
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+