Prezidentimiz qarori charm-poyabzal, mo‘ynachilik va qorako‘lchilik bo‘yicha yetuk mutaxassislar tayyorlash tizimini yaratadi

08.05.2018, 17:45

Prezidentimiz qarori charm-poyabzal,  mo‘ynachilik va qorako‘lchilik bo‘yicha yetuk  mutaxassislar tayyorlash tizimini yaratadi

“Classika shoes” O‘zbekiston-Xitoy qo‘shma korxonamiz 2010 yilda tashkil topgan. Erkaklar, ayollar va bolalar uchun barcha turdagi mavsumiy poyabzallarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxonamizda 102 nafar ishchi-xodimlar mehnat qiladi. Tayyorlayotgan mahsulotlarimiz nafaqat ichki, balki tashqi bozorda ham xaridorgir. Joriy yilning o‘tgan davri davomida Qozog‘iston va Ukrainaga 5943 juft charm poyabzal mahsulotlarini buyurtma asosida yetkazib berdik.

Davlatimiz rahbarining 2018 yil 3 mayda qabul qilingan “Charm-poyabzal va mo‘ynachilik sohalarini rivojlantirish va eksport salohiyatini oshirishni yanada rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori faoliyatimizda tub burilish yasashiga ishonamiz.

Tan olib aytishimiz kerak, mazkur sohada mutaxassislar yetishmovchiligi eng katta muammolardan biri edi. Qaror ijrosi bo‘yicha 2018/2019 yilidan boshlab Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti tuzilmasida Charm-poyabzal sohasi muhandis-texnik xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha o‘quv markazini tashkil etish, “Charm va mo‘ynadan ishlangan mahsulotlar texnologiyasi va ularni yaratish”, “Texnologiyalar va uskunalar: charm va mo‘yna, qorako‘l”, “Texnologiyalar va uskunalar: poyabzal va charm-attorlik mahsulotlari” ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha mutaxassislar tayyorlash ko‘zda tutilgan. Charm-poyabzal, mo‘ynachilik, qorako‘lchilik tarmoqlari sohasida mutaxassislar tayyorlash bo‘yicha mavjud kasb-hunar kollejlarini qayta ixtisoslashtirish va yangi yo‘nalishlar bo‘yicha kasb-hunar kollejlarini tashkil qilish ushbu muammoni barataraf qilishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Solijon KAZAKOV,

Andijon tumanidagi “Classika shoes”

O‘zbekiston-Xitoy qo‘shma korxonasi direktori

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1932
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Zebiniso Saparova Surxondaryo viloyati2018-05-10 17:51:02

Charm-poyabzal ishlab chiqarishda Prezidentimizning qarorlari muhim ahamiyatga ega.


Zebiniso Saparova Surxondaryo viloyati2018-05-10 17:50:53

Charm-poyabzal ishlab chiqarishda Prezidentimizning qarorlari muhim ahamiyatga ega.


Қобил Астонов O'zLiDeP Навоий вилоят Кенгаши ташкилий-партиявий ишлар бўлими мудири2018-05-09 11:02:08

Президентимизнинг “Чарм-пойабзал ва мўйначилик соҳаларини ривожлантириш ва экспорт салоҳиятини оширишни янада рағбатлантириш чора-тадбирлари тўғрисида”ги қарори бугунги кунинг долзарб қарорларидан бири деб ўйлайман. Бугунги кунда ушбу соҳани ривожлантириш, етук мутахассислар тайёрлаш, ривожлантиришни даврнинг ўзи талаб қилмоқда. Қолаверса, чарм махсулотлари инсон соғлиги учун ҳам катта аҳамиятга эга.


Fikringizni qoldiring

+