Harakatlar strategiyasi – barqaror rivojlanish sari

20.06.2017, 18:35

Harakatlar strategiyasi – barqaror rivojlanish sari

Ayni kunlarda O‘zLiDeP Namangan viloyatidagi boshlang‘ich tashkilotlarida ham O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha Harakatlar strategiyasidan kelib chiqadigan muhim vazifalarga bag‘ishlangan  turli tadbirlar, davra suhbatlari, muloqotlar bo‘lib o‘tmoqda.

Yangiqo‘rg‘on tumanining  Navkent  qishloq  Yuqori Navkent mahalla fuqarolar yig‘ini  qoshidagi boshlang‘ich partiya tashkiloti a’zolari, faollar ishtirokida   “Harakatlar strategiyasi – faoliyatimiz dasturilamali”  mavzuida davra suhbati o‘tkazildi.                                                             

 Tadbirni “Yuqori Navkent” MFY  raisi  Ne’matjon Toshboltiyev kirish so‘zi bilan ochib, O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha Harakatlar strategiyasining qabul qilinganligi mamlakatimizda inson manfaatlari har narsadan ustuvor etib  belgilangani,  davlatimiz rahbarining  el farovonligi yo‘lidagi  g‘amxo‘rliklarining  amaldagi ifodasi  bo‘lganini ta’kidladi.

–Harakatlar strategiyasi Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yilida qabul qilingani bejiz emas. Zero, unda xalqimizning porloq kelajagi hamda istiqbolini belgilab bergan ustuvor yo‘nalishlar qamrab olingan, – deydi partiya tuman Kengashi apparat rahbari Rustamjon Mirazimov.­ Harakatlar strategiyasi belgilab berilgan ustuvor vazifalar inson huquq hamda manfaatlarini ta’minlash, farovon hayot kechirishlari uchun munosib sharoitlarni yaratib berishga qaratilgan bo‘lib, ularning izchil ijrosi bizni oldimizga qo‘ygan ulug‘ maqsad — porloq kelajak sari yanada yaqinlashtiradi. Zero, ushbu vazifalarning izchil ijrosi mamlakatimizda “Inson manfaatlari barcha narsadan ustun” degan hayotiy tamoyilning ro‘yobini ta’minlashda hal qiluvchi ahamiyatga ega.

Tadbirda ishtirokchilar mahallaga ichimlik suvi tarmog‘ini tortish, ichki ko‘chalardagi  elektr toki  tarmoqlarini  yangilash kabi ayrim muammolarni  o‘rtaga tashladilar. O‘z navbatida, quyi bo‘g‘in yetakchisi fuqarolarning bu takliflarini e’tiborga olgan holda tegishli korxona, tashkilotlarga deputatlik so‘rovi bilan chiqib, masalalarga ijobiy yechim topilishiga ishonch bildirdi.

Tadbirda Harakatlar strategiyasini aholi o‘rtasida keng targ‘ib etish bo‘yicha galdagi  vazifalar belgilab olindi.

Komiljon FAYZIYEV,

O‘zLiDeP Namangan viloyat

 Kengashi matbuot xizmati

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1407
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+