Tomorqa-qo‘shimcha daromad manbai

12.10.2017, 17:54

Tomorqa-qo‘shimcha daromad manbai

Xalqimizning yerga bo‘lgan mehri, e’zozi asrlar davomida avloddan –avlodga o‘tib kelayotgani bejiz emas. Chunki, turmushimiz farovonligi, bozorlarimiz to‘kin-sochinligi, avvalambor, shu saxovatli zaminda bobodehqonlarimizning peshona teri, qalb qo‘ri evaziga yetishtirayotgan noz-ne’matlari bilan uzviy bog‘liq.

Mustaqillik yillarida yerni o‘z egalariga topshirish, uning har bir qarichidan unumli foydalanish maqsadida fermerlik harakati, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari faoliyatini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirishni kengaytirish borasida bir qator islohotlar amalga oshirildi. Natijada mamlakatimizda bugungi kunda  yetishtirilayotgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining 99 foizdan ortig‘i aynan shunday sub’ektlar hissasiga to‘g‘ri kelmoqda. Biroq, tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki, ayni paytda sohada erishilgan yutuqlar bilan birgalikda bir qator muammo va kamchiliklar ham to‘planib qolgan.

- Yaqinda e’lon qilingan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, qishloq ho‘jaligi ekin maydonlaridan samarali foydalanish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni ana shunday muammolarni hal qilish va 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalardan kelib chiqqani bilan ahamiyatlidir, - deydi Sh.Rashidov tumani “Quyoshsevar Parda” fermer xo‘jaligi rahbari, viloyat Kengashi deputati Parda Ziyatov. – Farmonda sohada amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar bilan bir qatorda fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarining ekin maydonlaridan samarali foydalanishdagi shaxsiy manfaatdorligi va mas’uliyatini oshirish, bu borada parlament, vakillik va jamoatchilik nazoratining ta’sirchan tizimini yaratishga ham alohida e’tibor qaratilgan. Bu esa targ‘ibot-tashviqot ishlarini yanada  kuchaytirish, soha vakillarining qonuniy manfaatlarini partiyaviy vositalar bilan himoya qilishda maslakdoshlarimizga ham juda katta mas’uliyat yuklaydi.

Xulosa o‘rnida shuni aytish joizki, davlatimiz rahbarining mazkur farmoni nafaqat elektoratimiz manfaatlarini ishonchli himoyalashga, balki oilalarimiz farovonligi, dasturxonlarimiz to‘kinligi, bozorlarimiz mo‘l-ko‘lligi va arzonchilikka ham xizmat qiladi. Buni partiyamizning har bir faoli anglab yetishi va aholiga farmonning mazmun-mohiyatini yanada kengroq tushuntirishda faol bo‘lmog‘i lozim.

Parda Ziyatov,

Sh.Rashidov tumani “Quyoshsevar Parda”

fermer xo‘jaligi rahbari, viloyat Kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhi a’zosi

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

Teglar
BPT
  • Ko'rildi
    1745
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

У.Боймуродов O'zLiDeP Косон туман Кенгаши аппарат раҳбари2019-01-14 10:29:57

14 январ Ўзбекистон Республикаси Қуролли Кучлари ташкил этилганининг 27 йиллиги ва Ватан ҳимоячилари куни билан табриклайман, сизларга сиҳат-саломатлик, оилавий бахт, олижаноб ва масъулиятли фаолиятингизда улкан ютуқлар тилайман.


Fikringizni qoldiring

+