BPT yetakchilari siyosiy faollikka intilmoqda

12.10.2017, 18:04

BPT yetakchilari siyosiy faollikka intilmoqda

Izboskan tumanidagi Markaziy dehqon bozori qoshidagi O‘zLiDeP boshlang‘ich partiya tashkilotida “Boshlang‘ich partiya tashkilotlarida yetakchi va faollarining siyosiy bilimlarini oshirish – partiya xodimlarining samarali faoliyati garovidir” mavzusida amaliy muloqot bo‘lib o‘tdi. Tadbir O‘zLiDeP Andijon viloyat Kengashi huzuridagi Siyosiy ta’lim markazi hamda BPTlar bilan ishlash guruhi tomonidan tashkil etildi.

– Quyi tuzilma yetakchilari hamda faollari uchun bunday tadbirlar juda zarur, – deydi BPT yetakchisi Ulug‘bek Husanov. – Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar va partiyamiz loyihalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni a’zolarimizga yetkazishda bu kabi muloqotlarning o‘rni muhim. Chunki BPT a’zolari siyosiy jihatdan yetuk bo‘lmog‘i lozim.

Ayni kunda partiyamiz 380 mingdan ziyod safdoshni atrofiga birlashtirgan yetakchi kuch sifatida siyosiy jarayonlarda faol, saylovlarda ilg‘or. Amaliy muloqot davomida ayni fikrlar aytilib, qizg‘in savol-javoblar bo‘lib o‘tdi.

Ravshanbek ABDURAHIMOV,

O‘zLiDePAndijon viloyat Kengashi

huzuridagi Siyosiy ta’lim markazi rahbari

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

Teglar
BPT
  • Ko'rildi
    1587
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+