Tomorqa – daromad manbai

29.09.2017, 18:29

Tomorqa – daromad manbai

“Fidokor” – Muzrabot tumanidagi obod mahallalardan biri. Mahallada tomorqadan unumli foydalanib, oilasi farovonligini ta’minlash bilan birga, el dasturxoni to‘kinligiga munosib hissa qo‘shayotgan omilkorlar ko‘p.  Ular, asosan, pomidor, bodring, sabzavot va ko‘kat yetishtiradi. Qishning qahri ketib ulgurmay, tomorqadagi yumushlarni boshlab yuboradigan bu mirishkorlar ertapishar hosillardan  mumay daromad oladi.

Tomorqadan unumli foydalanish masalasi O‘zLiDePning ham diqqat markazidagi masalalardan biri. Bu borada gap ketganda, “O‘zLiDeP boshlang‘ich tashkilotlari o‘z tomorqasida faoliyat boshlaganlarga ko‘makdosh” loyihasini eslab o‘tishning o‘zi kifoya.

–Tomorqa nafaqat qo‘shimcha daromad manbai, balki uning farzandlarimiz tarbiyasidagi roli ham katta, – deydi Fidokor mahallasida yashovchi Ortiq Xudayberdiyev. – Chunki tomorqamizda bolalarimiz halol mehnat qilib, o‘z kuchi bilan daromad topishni o‘rganmoqda.  Ochig‘i, dehqonchilik qilib kam bo‘lmadik, oila a’zolarimiz bandligini ta’minladik, uyimizni zamonaviy ko‘rinishda qayta ta’mirladik. Bularning barchasi tomorqamizdan olayotgani daromadlarimiz samarasidir. 

Ta’kidlash kerakki, mazkur loyiha minglab yoshlarni ish bilan ta’minlamoqda, aholining turmush faravonligini oshirmoqda. Bu esa partiyamiz Saylovoldi dasturida belgilangan maqsad-vazifalarga uyg‘un va hamohang.

O‘zLiDeP Surxondaryo viloyat Kengashi

matbuot xizmati

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

Teglar
BPT
  • Ko'rildi
    2828
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Тошонов Яздон Каттақўрғон туман Кенгаши раисининг биринчи ўринбосари аппарат раҳбари.2019-02-28 08:37:22

Президентимизнинг “Давлат мулки объектларидан самарали фойдаланиш бўйича қўшимча чора-тадбирлар тўғрисида”ги Фармони тадбиркорлик субъектлари учун янада кенгроқ имкониятлар яратади.Қўшимча иш ўринлари яратилади ва кўплаб экспортбоп товарлар ишлаб чиқариш мумкин бўлади.


Fikringizni qoldiring

+