O‘zLiDeP loyihasi doirasida tadbirkorlar soni ortmoqda

26.09.2017, 18:36

O‘zLiDeP loyihasi doirasida tadbirkorlar soni ortmoqda

–  Umarbek Jo‘rayev bilan suhbatlashganimizda u issiqxona qurib, bodring yetishtirmoqchi ekanini aytdi. – deydi partiya Mingbuloq tuman Kengashi apparat rahbari Azizbek Islamov. – Shu boisdan unga o‘z biznesini yo‘lga quyishi uchun kerakli maslahat, zarur ko‘rsatma va bankdan kredit olishda yordam berdik. Yangi tashkil etilgan issiqxona Umarbekning turmush faravonligini yanada oshirishiga ishonamiz.  

Ta’kidlash kerak, tomorqalardan samarali foydalanishni targ‘ib qilish partiyamizning ustuvor vazifalaridan biri sanaladi. Jumladan, “O‘zLiDeP boshlang‘ich tashkilotlari o‘z tomorqasida tadbirkorlikni boshlaganlarga ko‘makdosh” loyihasi doirasida Umarbekka singari o‘ndan ortiq tadbirkorlarga amaliy yordam berildi. Xususan, partiya tuman Kengashidagi BPT faollari O‘zLiDeP deputatlik guruhi a’zolari bilan birgalikda xonadonlarda bo‘lib, ular bilan ochiq, samimiy muloqotlar o‘tkazmoqda. Tomorqadan unumli foydalanish, yerning umrining behuda o‘tkazmaslik, oilaviy biznesni yo‘lga qo‘yish va buning uchun yaratilgan imkoniyatlar haqida kerakli ma’lumotlar berilmoqda.

O‘zLiDeP Namangan viloyat

Kengashi matbuot xizmati

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

Teglar
BPT
  • Ko'rildi
    1604
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+