TDAU Termiz filialining 30 nafar talabasi O‘zLiDeP kadrlar zaxirasiga olindi

07.07.2018, 16:53

TDAU Termiz filialining 30 nafar talabasi O‘zLiDeP kadrlar zaxirasiga olindi

O‘zLiDeP Surxondaryo viloyat Kengashi Toshkent davlat agrar universitetiti Termiz filialida “Yangi avlod kadrlari” loyihasi doirasida davra suhbati o‘tkazdi.

Tadbirda tashkilotchilar tomonidan yoshlarga loyihaning maqsad va vazifalari haqida batafsil ma’lumot berildi.

–Mazkur loyihadan ko‘zlangan maqsad partiyaviy ishlarni  tashkil etishda davr ta’lablariga javob beradigan, yuqori bilim va malakaga ega bo‘lgan kadrlarni tanlash va ularni partiya kadrlar zaxirasiga olishdan iborat, – deydi O‘zLiDeP viloyat Kengashi bo‘lim mudiri A.Abduraxmonov.–Shu bois, tadbir davomida shu jihatlarga alohida e’tibor qaratdik. Tadbir yakunida esa Toshkent davlat agrar universitetiti Termiz filialida tahsil olayotgan 30 nafar talabani partiya kadrlar zaxirasiga olishga erishdik.

–Bolaligimdan siyosiy jarayonlarga qiziqaman, – deydi Toshkent davlat agrar universitetiti Termiz filiali talabasi Abror Abduxoliqov. – To‘g‘risi, o‘qishni tamomlagach siyosiy partiyada ishlash niyatim bor edi. Mana, orzularim asta-sekin ro‘yobga chiqyapti. O‘zLiDeP tomonidan o‘tkazilgan tadbir esa imkoniyatlar eshigini yanada kengaytirdi. Endi bildirilgan ishonchni oqlab, partiya maqsad va vazifalarini hayotga tatbiq etishga harakat qilaman.

Tadbirda O‘zLiDeP Surxondaryo viloyat Kengashi hamda Toshkent davlat agrar universitetiti Termiz filiali o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

                                                                 O‘ral OLTIBOYEV,

                                                                    O‘zLiDeP Surxondaryo viloyat

Kengashi bo‘lim mudiri

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1253
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

O’zLiDeP Миришкор туман Кенгаши раисининг ёшлар билан ишлаш бўйича ўринбосари Мавлонов Мухаммад Бекмуродович2018-07-09 09:01:23

“Янги авлод кадрлари” лойиҳаси доирасида ўтказилаётган давра суҳбатлари ёшларни фаолика чорловчи ва билим салохиятли қилиб тарбиялашда мухим омил деб ҳисоблайман бундай давра сухбатлари кўпроқ ўтказиш мақсадга муофиқ деб бўлар эди.


Fikringizni qoldiring

+