O‘zLiDeP Toshkent shahar Kengashi “Obod mahalla” dasturi doirasida 44 ta mahallani obod qilishga bel bog‘lagan

11.07.2018, 18:58

O‘zLiDeP Toshkent shahar Kengashi  “Obod mahalla” dasturi doirasida  44 ta mahallani obod qilishga bel bog‘lagan

O‘zbek xalqining boy va qadimiy tarixidan ma’lumki, ajdodlarimiz tomonidan mahallalarni obodonlashtirish va bunyodkorlik ishlarini amalga oshirish eng bebaho qadriyat va an’analardan hisoblanadi. Mazkur qadriyatlarimizni izchil davom ettirgan holda keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlarini barcha hududlarda amalga oshirish orqali qishloq aholisi uchun munosib sharoit yaratish va ularning turmush madaniyatini yanada yuksaltirish, eng asosiysi, yoshlarni xayrli ishlarga da’vat etish alohida ahamiyat kasb etadi. Prezidentimiz tomonidan imzolangan “Obod qishloq” dasturi to‘g‘risida farmon bu yo‘nalishdagi ishlarni yanada jonlantirib yubordi.

Dasturga binoan joriy yilda har bir tumandan 2 tadan, kelgusi yillarda esa 3 tadan qishloqda aholining yashash sharoitlarini tubdan yaxshilash, turmush darajasini ijobiy tomonga o‘zgartirish qishloq (mahalla)lar qiyofasini zamonaviylashtirish va qishloq ahli uchun ish o‘rinlarini yaratishga qaratilgan “Obod qishloq” (Obod mahalla) dasturi amalga oshiriladi.

Prezidentimiz tomonidan ishlab chiqilgan “Obod mahalla” dasturiga binoan O‘zLiDeP Toshkent shahar Kengashi har bir tumandan 4tadan mahalla fuqarolar yig‘inini yanada obod qilishga bel bog‘lagan.

– “Obod mahalla” dasturiga muvofiq, tumanimizda keng ko‘lamli obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda, – deydi O‘zLiDeP Chilonzor tuman Kengashi apparat rahbari Abdunabi Muhrimov. – Maqsadimiz mahallada yashovchi fuqarolarimizga, bolalarga dam olish joylarni tashkil qilishdir. O‘zLiDeP tomonidan bugungi kunda ko‘plar ishlar amalga oshirilmoqda. Deputatlarimiz tomonidan hududlarda sayyor uchrashuvlar orqali aholi muammolari aniqlanib, mavjud muammolar ijobiy yechim topmoqda.   

Ta’kidlash kerak, Toshkent shahrida “Obod mahalla” dasturi doirasida 1473ta uy-joy va 196 km uzunlikdagi ichki va xo‘jaliklararo yo‘llarni ta’mirlash belgilangan.

 Murodjon O‘RINOV,

O‘zLiDeP Toshkent shahar

Kengashi matbuot kotibi  

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1222
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Кадиров Жасурбек-O`zLiDeP Олмазор туман Кенгаши раисининг бининчи ўринбосари-аппарат раҳбари.2018-07-13 11:52:11

Дастурга биноан жорий йилда ҳар бир тумандан 2 тадан, келгуси йилларда эса 3 тадан аҳолининг яшаш шароитларини тубдан яхшилаш, турмуш даражасини ижобий томонга ўзгартириш мақсад қилинганлиги билан эьтиборлидир.


С.Саркисова –Когон туман Кенгашидаги O‘zLiDeP депутатлик гуруҳи ижрочи котиби2018-07-12 12:27:14

Обод қишлоқларда аҳоли гўзал ва намунали кўркам уй-жойларда яшаш,атроф муҳит гўзал бўлса,аҳолимизнинг турмуш тарзи гўзал бўлса,халқ биздан рози бўлиб яшайди.Оиласида хотиржамлик,ишида барака бўлади.Обод қишлоқ лойиха доирасида тумандаги БПТ аъзолари,депутатларимиз аҳолимиз чиройли яшашга интилишига яқиндан туриб ёрдам бермоқдалар ва ўз хиссасини кўшиб келмоқдалар.


Акбар Алламов O'zLiDeP Сурхондарё вилояти Кенгаши Ёшлар билан ишлаш бўлими этакчи консултанти2018-07-12 09:25:43

"Обод махалла " дастури асосда барча жойлар ишлар олиб борилмоқда бу ишларда бизнинг партиямиз хам фаол қатнашаётгани партиямиз нуфизини янада ошиади.


Акбар Якубов, Жиззах вилояти2018-07-12 09:15:38

“Обод маҳалла” дастурига биноан жойларда кенг кўламли ободонлаштириш ишлари олиб борилмоқда ва бунинг натижасида маҳалла ва қишлоқларимиз обод бўлиб келмоқда ва бундан фуқароларимиз жудаям ҳурсанд


Fikringizni qoldiring

+