Deputatlik so‘rovi: xalq murojaati e’tiborda

09.09.2017, 19:02

Deputatlik so‘rovi: xalq murojaati e’tiborda

Bugun Xalq deputatlari Jizzax viloyat, tuman va shahar Kengashlariga O'zLiDePdan saylangan 143 nafar deputatlar o‘z vazifasiga mas’uliyat bilan yondoshgan holda saylovchilar ishonchini oqlashga harakat qilmoqdalar. E’tiborlisi, bu jarayonda deputatlik guruhlari va boshlang‘ich partiya tashkilotlari hamkorligi keng yo‘lga qo‘yilgani yuksak samara berayotir.

Birgina misol. Yaqinda Xalq deputatlari viloyat Kengashidagi O'zLiDeP deputatlik guruhi a’zosi Elyor To‘raqulovga “Jizzaxplastmasa” AJ qoshida faoliyat ko‘rsatayotgan BPT a’zolari jamoatchilik e’tiboridagi masala yuzasidan murojaat qilishgan. Ya’ni, aholi, ayniqsa, maktab o‘quvchilari uchun qulayliklar yaratish maqsadida “Oq oltin” MFY - eski shahar buyum bozori yo‘nalishida avtobus qatnovini yo‘lga qo‘yishda amaliy yordam so‘rashgan.

Deputat hududdagi transport qatnovini o‘rganib, BPT faollarining murojaati o‘rinli ekanligini inobatga olib, Jizzax viloyati hokimi o‘rinbosari R.Kenjayevga deputat so‘rovini yubordi.

So‘rovga javobat tez fursat ichida aholiga qulaylik yaratish uchun so‘ralgan yo‘nalish bo‘yicha avtobus qatnovini yo‘lga qo‘yildi.

Aytish o‘rinliki, Xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlaridagi O‘zLiDeP deputatlik guruhi tomonidan shu kabi aholining og‘irini yengil qilish, aholining turmush tarizini yanada oshirish, yoshlarni ish bilan ta’minlash, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasini rivojlantirish, fermer xo‘jaliklari faoliyatini rivojlantirish borasida shahar va tuman Kengashlari Sessiyalariga takliflar kiritib kelmoqda. Bundan bilish mumkinki, deputalar xalq farovonligi yo‘lida mehnat qilayapti,  harakatdan aslo to‘xtagani yo‘q. 

O'zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi

Matbuot xizmati.

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1462
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+