Tinchlik, osoyishtalik va barqarorlik – jamiyat poydevori, ogohlik davr talabi

12.07.2018, 18:17

Tinchlik, osoyishtalik va barqarorlik –  jamiyat poydevori, ogohlik davr talabi

O‘zLiDeP Hazorasp tuman Kengashi tomonidan “Paxta tozalash” OAJ qoshida faoliyat yuritayotgan BPTda tashkil etilgan tadbir ana shunday nomlandi.

Tadbirda yoshlarni jamiyatga xavf solayotgan turli oqim va yot g‘oyalar ta’siridan  asrash, ularda sog‘lom muhitni shakllantirish, erkin fuqarolik jamiyatining asosiy sharti bo‘lgan aholining siyosiy madaniyati va huquqiy ongini oshirish, shuningdek, tinchlikni asrash, barqaror rivojlanishni ta’minlash insoniyat oldidagi eng muhim vazifalardan biri ekani ta’kidlandi.

– Islom niqobidagi turli tashkilotlar va harakatlarga qarshi samarali mafkuraviy kurash olib borishda, ularning g‘ayriinsoniy mohiyatini anglab yetish muhim ahamiyat kasb etadi, – deydi O‘zbekiston Musulmonlar idorasi Xorazm viloyat vakili X.Abdullayev. – Ayniqsa, yoshlar ongiga tahdid solishga harakat qilayotgan mazkur oqimlarning ta’siriga tushib qolmaslik uchun ma’naviy salohiyatimiz yetuk bo‘lishi lozim.

Tadbirda O’zLiDeP deputatlari va faollari joylarda mutasaddi tashkilotlar, mahalla, ta’lim muassasalari, ota-onalar va yoshlar bilan hamkorlikda ushbu ishlarni muntazam ravishda amalga oshirishga kelishib olindi.

M.ABDIRIMOV,

O‘zLiDeP Hazorasp tuman

Kengashi apparat rahbari

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    2415
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Рахманова Гульнара КР Тахтакупир туман Кенгаши 2018-07-16 08:26:56

Партиямизнинг ташаббуси билан утказилаетган тадбирларда асосан ёшларимизни жамиятимиздаги турли оқим ва ёт ғоялар таъсиридан асраш, уларда соғлом муҳитни шакллантириш, эркин фуқаролик жамиятининг асосий шарти бўлган аҳолининг сиёсий маданияти ва ҳуқуқий онгини ошириш ва албатта тинчликни саклашга ургатиш энг муҳим вазифалардан саналади. Бу каби тадбирларда ешларнинг фикрлари ва таклифлари инобатга олинса максадга мувофик булари сузсиз. Партиядошларимизнинг келгуси ишларида омадлар тилаймиз


Fikringizni qoldiring

+