O‘zLiDeP “Yoshlar – kelajagimiz” Davlat dasturi mazmun-mohiyatini keng muhokama qilishga bag‘ishlangan o‘quv-seminar tashkil etdi (FOTO)

12.07.2018, 19:40

O‘zLiDeP “Yoshlar – kelajagimiz” Davlat dasturi  mazmun-mohiyatini keng muhokama qilishga  bag‘ishlangan o‘quv-seminar tashkil etdi (FOTO)

Shu yilning 12 iyul kuni O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi tomonidan Xalq deputatlari hududiy Kengashlaridagi O‘zLiDePdan saylangan deputatlik guruhlari vakillari hamda partiyaning hududiy kengashlaridagi “Yoshlar qanoti” yetakchilari uchun maxsus o‘quv-seminari tashkil etildi.

Undan ko‘zlangan maqsad O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 27 iyundagi “Yoshlar – kelajagimiz” Davlat dasturi to‘g‘risida”gi farmoni hamda shu yilning 4 iyul kuni mamlakatimiz rahbari boshchiligida yoshlar bilan manzilli va tizimli ishlash masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishidan kelib chiqadigan vazifalarni tahlil qilish, shu davrgacha partiya tuzilmalari tomonidan joylarda yoshlar orasida amalga oshirilayotgan ishlarni yana bir bor tanqidiy tahlil qilgan holda, bugungi kun talabalariga javob beruvchi yangi yondashuvlarni ishlab chiqishdan iborat bo‘ldi.

“Yoshlar – kelajagimiz” jamg‘armasi rahbari, bir qator vazirlik va idoralarning yosh vazir o‘rinbosarlari ham ishtirok etgan hamda ochiq muloqot shaklida o‘tkazilgan muhokamalarda keyingi ikki yilda mamlakatimizda yosh avlodning mustaqil fikrlaydigan, zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni puxta egallab, xalqaro maydonda raqobatga kirisha oladigan barkamol shaxslar etib tarbiyalash bo‘yicha ulkan ishlar amalga oshirilayotgani, yoshlar bilan doimiy muloqot olib borish, ularning bandligini ta’minlash, hayotda o‘z o‘rnini topishi, jamiyatning munosib a’zolariga aylanishi, mehnat va turmush sharoitlarini yaxshilashga juda katta e’tibor qaratilayotgani qayd etib o‘tildi.

“Yoshlar – kelajagimiz” Davlat dasturining esa ushbu ishlarning mantiqiy davomi bo‘lganligi, o‘z mohiyati, ko‘lami, ko‘zda tutilgan qamrovli masalaning yetarli moliyaviy asoslantirilgani bilan ushbu dastur na boshqa davlatlarda na O‘zbekiston tarixida analogiga ega bo‘lmagan yoshlar masalalariga mutlaqo o‘zgacha yondashuv bo‘lgani ta’kidlandi.

Shu bilan birga mamlakatimiz rahbari tomonidan yoshlar masalasiga qayta-qayta e’tibor qaratilayotgani bejiz emasligi, joylarda yoshlarning ijtimoiy-iqtisodiy faolligini oshirishga, ularni tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb qilishga, yosh tadbirkorlarning istiqbolli g‘oyalari va loyihalarini ro‘yobga chiqarishga, shuningdek, shu asosda yoshlar bandligini ta’minlashga to‘sqinlik qilayotgan tizimli muammolar hanuzgacha saqlanib qolayotganligi ta’kidlab o‘tildi. Ayniqsa, 4 iyulda bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishi bu borada mavjud kamchiliklarni ro‘y-rost o‘rtaga tashlanganligi aytib o‘tildi.

Mamlakatimiz rahbari tomonidan ilgari surilayotgan vazifalar barchadan, birinchi navbatda O‘zLiDeP “Yoshlar qanoti”dan ham o‘z faoliyatini qayta ko‘rib chiqishni, endilikda yoshlar bilan ishlashda vaqtini o‘tagan usullardan voz kechishni, hech kimga nafi tegmaydigan tadbirlar o‘rniga yoshlar bilan ishlashda amaliy ishlarga o‘tishni davrning o‘zi talab qilayotganligi ta’kidlandi. Xususan, bir qator xududiy “Yoshlar qanoti” faollari uyushmagan yoshlarni ishga jalb qilishda tomorqa imkoniyatlaridan foydalanishda boshqalarga o‘rnak bo‘ladigan tajribalarni qo‘lga kiritganligini aytib o‘tish lozim. Jumladan, O‘zLiDeP Andijon, Namangan, Xorazm viloyat Kengashlari “Yoshlar qanot”lari tomonidan o‘rtacha 1200-1400 xonadonlarda istiqomat qilayotgan shunday yoshlar faollarimiz ko‘magida tomorqasida o‘z biznesini yo‘lga qo‘yishga erishdilar. Muhimi, ularning faoliyati “Yoshlar qanoti” faollari tomonidan doimiy monitoring qilib borilmoqda, kreditlar olishda, mutaxassis maslahatini olishda, mahsulotiga xaridor topishda yaqindan ko‘mak bermoqda. Ishsiz yoshlarni partiyadosh tadbirkorlar ko‘magida ishga joylashtirishda “Sen ham faol yoshlar safidasan” shiori ostida amalga oshirilayotgan ishlar doirasida Sirdaryo, Namangan hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi “Yoshlar qanoti”dagi faollarimiz har bir aksiya davomida o‘rtacha 300-500 yoshni ish o‘rni bilan ta’minlashga erishayotganligi diqqatga sazovor.

Davlat dasturidan kelib chiqib, partiyaning ushbu yo‘nalishdagi faoliyatini yanada jonlantirish, yoshlarni tadbirkorlikka jalb qilish bo‘yicha hali ishga solinmagan imkoniyatlardan foydalanish vaqti kelganligi aytib o‘tildi.

“Yoshlar – kelajagimiz” Davlat dasturidan kelib chiqadigan O‘zLiDeP “Yoshlar qanoti” oldidagi ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan anjumanda masalaning shu va boshqa jihatlari haqida ham so‘z yuritildi. Anjumanda nafaqat yoshlar shuningdek, partiya faollari, yosh tadbirkorlar, uyushmagan yoshlar, Xalq deputatlari mahalliy Kengash deputatlari, mutasaddi vazirlik va idora vakillari, jurnalistlar ishtirok etishdi.

Tadbirning amaliy ahamiyati shundaki, unda Xalq deputatlari mahalliy Kengash deputatlari, O‘zLiDeP hududiy Yoshlar bilan ishlash bo‘limi mudirlari, jamg‘arma vakillari, hududdagi yosh tadbirkorlar sho‘‘balarga bo‘lingan holda “Davlat dasturidan kelib chiqib, “Yoshlar – kelajagimiz” jamg‘armasi bilan hamkorlikda partiya “Yoshlar qanoti” faoliyati samaradorligini yanada oshirishga qaratilgan namunaviy chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqdilar. Shuningdek, “Namunali biznes-rejalar ishlab chiqish va uni amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha soha mutaxassislari tomonidan masster-klasslar o‘tkazildi. Bundan tashqari, partiya “Yoshlar qanoti” tomonidan joylarda mazkur dastur bo‘yicha belgilangan ishlarni samarali tashkil etish maqsadida “Yosh tadbirkorlar” uslubiy qo‘llanma loyihasi tayyorlandi.

Qizg‘in, jonli muloqot, amaliy taklif va tavsiyalarga boy bo‘lgan tadbir so‘nggida “Yoshlar – kelajagimiz” Davlat dasturidan kelib chiqadigan O‘zLiDeP “Yoshlar qanoti” oldidagi ustuvor vazifalar belgilanib, bu borada ishlab chiqilgan namunaviy ish reja tasdiqlandi.

O‘zLiDeP matbuot xizmati

 O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1661
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Хамдамов Ёрқинжон Бағдод туман ижрочи котиб2018-07-13 09:40:52

Ўқув семенарнинг асосий мақсади партиянинг ушбу йўналишдаги фаолиятини янада жонлантириш, ёшларни тадбиркорликка жалб қилиш бўйича ўз олдига чора тадбирлар белгилашдан иборатдир.


Худайбердиева Моҳидил Норбоевна O`zLiDeP Зарафшон шаҳар бўлими ижрочи котиби2018-07-13 09:30:50

Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2018 йил 27 июндаги “Yoshlar – kelajagimiz” Давлат дастури тўғрисида”ги фармонига бағишлаб ўтказилган ушбу ўқув семинар, партия “Ёшлар қаноти” фаолиятини янада жонлантиришига туртки бўлади. Ўқув-семинарда O‘zLiDePнинг "Ёшлар қаноти"нинг фаолиятига оид устувор вазифаларнинг белгилаб олинганлиги барчамизни қувонтирди.Мамлакатимизда ташаббускор ва шижоатли ёшларимиз кўпчиликни ташкил этади.Уларни бир мақсад йўлида бирлаштириб, “Yoshlar – kelajagimiz” Давлат дастури тўғрисида”ги фармонида белгилаб берилган вазифаларни бажарсакгина кўзланган мақсадга эриша оламз. Ушбу ўқув -семинарнинг яна бир бизга ёққан жиҳати шу булдики, партия “Ёшлар қаноти” томонидан жойларда мазкур дастур бўйича белгиланган ишларни самарали ташкил этиш мақсадида “Ёш тадбиркорлар” услубий қўлланма лойиҳаси тайёрланганидир. Чунки ёшлар учун бундай қўлланманинг яратилиши ёшларни тадбиркорликка олиб борувчи янги қўйилган бир қадам эканлигидан далолат беради.Ушбу услубий қўлланмани биз кўтиб қоламиз.


Fikringizni qoldiring

+