O‘zLiDeP deputati yangibozorlik Mansur Bazarbayevga 15 mln so‘m miqdorida imtiyozli kredit olishga ko‘maklashdi

17.07.2018, 18:17

O‘zLiDeP deputati yangibozorlik Mansur Bazarbayevga 15 mln so‘m miqdorida imtiyozli kredit olishga ko‘maklashdi

Xalq deputatlari Yangibozor tuman Kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhi a’zosi A.Tangirova “Hayvat” mahallasidagi 25 ta xonadon aholisining taklif va muammolarini o‘rgandi.

– Anchadan buyon mahallamizda avtotransport vositalarini yuvish shahobchasini ochish harakatida yurgandim, – deydi shu mahallada yashovchi Mansur Bazarbayev. – Lekin tijorat bankidan 15 mln so‘m miqdorida kredit ololmaganim uchun hozirgacha o‘z faoliyatimni boshlaganim yo‘q. Bugun partiya faollarining xonadonimizga tashrifidan xursandman. Sababi, partiya mas’ullari mening muammoyimni nazoratga olib, zarur hujjatlarni bankga topshirishimga ko‘maklashdi. Endi yaqin kunlarda ishni yo‘lga qo‘yib, 3-4 nafar yoshni ish bilan ta’minlaymiz.

12 nafar xotin-qizni doimiy ish bilan ta’minlagan yangibozorlik Ra’no Bekiyeva faoliyatini yanada kengaytirish uchun xalq noibi A.Tangirovaga murojaat qildi. Tadbirkor ayolning mazkur murojaati nazoratga olinib, yaqin kunlarda hal etiladigan bo‘ldi.

Uchrashuvlar chog‘ida kredit olish istagini bildirgan Bekzod Sabirov va O‘rinboy Matnazarovlarning muammolari ham joyida o‘rganilib, tegishli tavsiyalar berildi. 

Nilufar DJABBAROVA,

O‘zLiDeP Xorazm viloyat Kengashi

matbuot kotibi

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    964
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Андижон туман кенгаши партия фаоли Асранов Фахриддин2018-07-18 09:12:35

O‘zLiDeP депутатлик гуруҳи аъзосилари томонидан бир катор самарали ишлар олиб борилмокда .Буни хар бир вилоят .шахар .туман микиёсида куриш мумкин.


Fikringizni qoldiring

+