Boshlang‘ich tashkilotining tashabbusi: mustaqillikka tuxfa

31.08.2017, 19:10

Boshlang‘ich tashkilotining tashabbusi: mustaqillikka tuxfa

“O‘zLiDeP boshlang‘ich partiya tashkilotlari o‘z tomorqasida tadbirkorligini boshlaganlarga ko‘makdosh” loyihasi  bugungi kunda joylarda qizg‘in tarzada o‘tkazilyapti.

Mustaqilligimizning 26 yilligi shodiyonalari arafasida loyiha doirasida tashkil etilayotgan tadbirlar aholi uchun ayni muddao bo‘lmoqda. Sababi, o‘z tadbirkorligini boshlash niyatida bo‘lgan fuqarolarga amaliy ko‘mak berilib, tomorqachilikni rivojlantirishga yordam berilmoqda.

Surxondaryo viloyati, Sho‘rchi tumanidagi Oqqo‘rg‘on MFYda istiqomat qilayotgan B.Xolboyey va M.Qayumovlar oilasi tadbirkorligini yo‘lga quyish maqsadida bankdan imtiyozli kredit olib, limon yetishtirishga mo‘ljallangan  issiqhona barpo etishdi. Ko‘chatlar yaxshi o‘smayotganligidan havotirga tushgan tomorqachilar agranom maslahati kerakligi tushunib, Oqqurg‘on MFYdafaoliyat yuritayotgan BPT ga murojaat qilishdi. Tuman kengashi ham BPT raisi murojatchilar honadoniga agronom olib borib, tegishli maslahat va tavsiyalarni berishdi.

Tomorqachilar zaruriy ma’lumotlarni olib, tomorqalaridagi mavjud bo‘sherga pomidor va bodring ekishni ham rejalashtirishdi.

Shuningdek, mazkur loyiha doirasida aholiga o‘ztadbirkorliginiboshlariuchun ham yaqindan yordam berilmoqda. Xususan, Boysun tumani "Jilo fayz" xususiy korxonasidagi BPTga biriktirigan Atxam Amonov oilasi tadbirkorlikni boshlamoqchi ekanligi, ularda mebel ishlab chiqarish uchun Xitoydan keltirilgan uskunalar borligi ammo mahsulot ishlab chiqarish uchun joy zarurligini bildirib, murojaat qilishdi.

BPT raisi tuman Kengashi deputatligidan foydalanib, tuman xokimligiga murojat qildi. Murojaat besamar ketmadi. Atxam Amonovga Shursoy mahallasidan 0,03 sotih yer ajratilidi. Hozirgi kunda ustaxona qurish ishlari qizg‘in davom etmoqda.

O‘zLiDeP Matbuot xizmati

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

Teglar
BPT
  • Ko'rildi
    1324
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+