“Obod mahalla” dasturi doirasida “Muruvvat” mahallasida cho‘milish havzasi qurilyapti
18.07.2018, 18:34
Prezidentimiz tashabbusi bilan ishlab chiqilgan “Obod qishloq” dasturi yurtimizning chekka-chekka hududlari qatori poytaxtimizda ham keng quloch yoymoqda. Sharoiti og‘ir ko‘chalar tanlanib, namuna sifatida obod va fayzli maskanlarga aylantirilmoqda.
Buni Yunusobod tumanidagi “Muruvvat” mahallasida olib borilayotgan ishlar misolida ham ko‘rish mumkin. Chunki ayni chog‘da hududda bolalar uchun o‘yingoh, tikuv xonasi, ayollar va erkaklar saloni hamda cho‘milish havzalari qurilyapti.
– Bugun mahallamiz guzarlari yanada chiroy ochmoqda. Ayniqsa, ichki yo‘llar qaytadan ta’mirlanib, aholini dam olishi uchun barcha qulayliklar yaratilmoqda, – deydi “Muruvvat” mahallasi faxriysi Nigora opa. – To‘g‘risi, bunday sharoitlardan boshimiz ko‘kka yetdi, quvonchimiz ichimizga sig‘may ketyapti. Nega deganda, bugun xalq noiblarining o‘zi xonadonimizga kelib, holimizdan xabar oldi, muammolarimizni hal etishga ko‘malashyapti.
Ta’kidlash kerak, Toshkent shahrida “Obod mahalla” dasturi doirasida 1473ta uy-joy va 196 km uzunlikdagi ichki va xo‘jaliklararo yo‘llarni ta’mirlash belgilangan.
Murodjon O‘RINOV,
O‘zLiDeP Toshkent shahar
Kengashi matbuot kotibi
O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegram’dagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!
Fikringizni qoldiring
O'xshash yangiliklar
-
Xalqaro investitsiya forumi amaliy hamkorlikni sifat va mazmun jihatidan mutlaqo yangi bosqichga olib chiqadi
02.05.2024, 16:34
-
Navoiylik ishbilarmon xotin-qizlar mahallalar kesimida saralanyapti
02.05.2024, 16:27
-
Kattaqo‘rg‘ondagi tibbiyot, kasb-hunar va xususiy maktablar faoliyati o‘rganildi
02.05.2024, 13:46
-
“Ishbilarmon ayol” ko‘rik-tanlovining mahalla bosqichlari yangi-yangi nomlarni kashf etayotir
01.05.2024, 09:34
-
Deputat bilan uchrashuv: mahalla yettiligi qanday ishlayapti?
01.05.2024, 09:32
Bildirilgan fikrlar
Кадиров Жасурбек-O’zLiDeP Олмазор туман Кенгаши раисининг биринчи ўринбосари-аппарат раҳбари2018-07-20 12:13:41
Президентимиз Шавкат Мирзиёевнинг ташаббуси билан ишлаб чиқилган “Обод қишлоқ” дастури юртимизнинг чекка-чекка ҳудудлари қатори пойтахтимизнинг барча туманларида кенг кўламли ишлар олиб борилмоқда. Махзкур дастур доирасида O’zLiDeP партия ташкилотининг фаоллари ва партия депутатлик гуруҳи аъзолари ҳам фаоллик билан ўз ҳиссаларини қўшаётганликларни алоҳида такидлаш жоиз.
Асилабону Султонова O‘zLiDeP Қашқадарё вилоят Кенгаши Мафкуравий тарғибот-ташвиқот ишлари бўлими мудири2018-07-19 09:46:36
Мухтарам Президентимиз ташаббуси билан “Обод қишлоқ” дастурининг жорий этилиши нафақат марказ балки чекка-чекка қишлоқларнинг ҳам обод бўлишига туртки бўлди. Ушбу дастур доирасида хар бир худудда жуда катта ободонлаштириш ишлари амалга оширилмоқда. Юнусобод туманидаги “Мурувват” маҳалласида чўмилиш хавзасининг бунёд этилиши ёшларимизнинг саломатлигига ижобий таъсир кўрсатади.
O’zLiDeP Миришкор туман Кенгаши раисининг ёшлар билан ишлаш бўйича ўринбосари Мавлонов Мухаммад2018-07-19 09:25:29
Муҳтарам Президентимизнинг ташаббуслари билант “Обод қишлоқ” дастури юртимизнинг чекка-чекка қишлоқларида ҳам ўз аксини топмоқда бундан кексалар учун қурилаётган чойхоналар ёшлар учун чўмилиш ҳавзалари ёшларимиз ҳамда кексаларнинг қувончига –қувонч қўшмаоқда юртимиз тинч осмонимиз муссафо Қишлоқларимиз мунданда обод бўлсин