“Panamilk”da BPT tashkil etildi

30.08.2017, 19:24

“Panamilk”da BPT tashkil etildi

Nukus shahridagi uyushmagan yoshlarning bandligini taminlash maqsadida Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati - O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Nukus shahri Kengashi, tadbirkorlar ishtirokida Nukus shahrida faoliyat yurituvchi "Strov-Vektor" MChJ (“Panamilk”)da "Tadbirkorlik - davr talabi" mavzusida tadbir o‘tkazildi.

"Story vektor" MChJ qoshida 2014 yildan boshlab o‘z ishini boshlagan sutni qayta ishlash sexi bugungi kunda xorijdan olib kelingan uskunalar yordamida kuniga 3 tonnadan ortiq sut qayta ishlab, 55 turdagi maxsulotlar tayyorlanmoqda. O‘tgan yili faqatgina sutni qayta ishlashning o‘zidan 1 mlrd. 800 ming so‘mlik mahsulot sotilgan.

150 dan ortiq ishchi xizmatchilar faoliyat olib borayotgan mazkur korxonada temir beton mahsulotlarini ishlab chiqarish ham yo‘lga qo‘yilgan.  O‘tgan yilda bu yo‘nalishda 7 mlrd. so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilgan. Albatta, bunday katta hajmdagi ishlarni yo‘lga qo‘yish uchun tegishli mablag‘ talab etiladi. Shu kunga qadar tijorat banklaridan 3 mlrd. so‘mga miqdorda kreditlar olingan bo‘lib,  hozirda ular to‘lanib bo‘lish arafasida turibdi.

Tadbir davomida mazkur korxona qoshida boshlang‘ich partiya tashkiloti tashkil etilib, unga Panayev Islam rais etib saylandi.

- Korxonamiz xodimlari partiya Ustav va Dasturi bilan to‘liq tanishib chiqdi va ular partiyani qo‘llab-quvvatlashlarini bildirdi, – deydi BPT raisi. Shu kunning o‘zida 20 dan ortiq xodimlar partiya a’zoligiga qabul qilinib, ularga partiyaga a’zolik va BPT tashkil etilganligi haqidagi guvohnoma topshirildi.

O‘zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi

Matbuot xizmati

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

Teglar
BPT
  • Ko'rildi
    1778
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+