O‘zLiDeP boshlang‘ich tashkilotlari doim xalq orasida

30.08.2017, 19:26

O‘zLiDeP boshlang‘ich tashkilotlari doim xalq orasida

O‘zLiDeP Uchqo‘rg‘on tuman kengashi tashabbusi bilan “Qo‘g‘ay” mahalla fuqarolar yig‘inidagi aholi dam olish va madniyat markazida “Tadbirkorlik –farovon turmushning muhim omili” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Unda partiya boshlang‘ich tashkilotlari yetakchilari, xalq deputatlari  tuman kengashi deputatlari va tadbirkorlik sub’ektlari vakillari ishtirok etdilar.

Davra suhbatini partiya tuman kengashi raisi  o‘rinbosari Nargiza Madaliyeva boshlab berdi. U o‘z so‘zida Prezidentimizning  2016 yil 5 oktyabrda “Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta’minlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni asosida 2017 yil 1 yanvardan boshlab rejadan tashqari tekshirishlar bekor qilinganligi, faoliyatni yo‘lga qo‘yish uchun ro‘yxatdan o‘tish, litsenziya olishda qulayliklar yaratilganligi va bu imtiyozlardan samarali foydalanayotgan tadbirkorlar turli yo‘nalishlarda ish olib borayotganliklarini ta’kidladi.

Shuningdek,u Prezidentimizning O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kasanachilikni yanada rivojlatnirish uchun qulay sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorining mazmun mohiyatini, Yurtboshimizning 7-8 iyul kunlari Namangan viloyatiga tashrifi chog‘ida viloyatda qishloq xo‘jaligi va sanoatni rivojlantirish, fermer va tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash, jumladan, Uchqo‘rg‘on tumanida ham paxtani qayta ishlash korxonalarini ishga tushirish bo‘yicha bildirgan qimmatli tavsiyalari haqida to‘xtaldi. Bugungi kunda yangi ish o‘rinlari yaratish eng dolzab masalalardan biri ekanligini ta’kidladi.   

Lekin tumanda tadbirkorlikni yanada rivojlantirish, ishbilarmonlik muhitini rivojlantirish bo‘yicha foydalanilmayotgan imkoniyatlar,bu borada uchrayotgan muammolar haqida fikr-mulohaza yuritdi.Bugun ayrim fermer xo‘jaliklari, tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatida iqtisodiy qiyinchiliklar mavjudligi, ularga amaliy yordam berish zarurligini ta’kidladi.     

Xalq deputatlari tuman kengashi deputati,O‘zLiDeP deputatlik guruhi a’zosi Surayyo Ergasheva,partiya tuman kengashi raisining ayollar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Muqaddas Ro‘zimatova ham bu fikrlarni qo‘llab-quvvatlagan holda boshlang‘ich tashkilotlarning  mahalla fuqarolar yig‘inlari bilan hamkorligi xususida mulohaza bildirdi. Maxallalarda ishsiz, uyushmagan yoshlar, xotin-qizlar borligi, ularni ham oilaviy biznesga va xususiy tadbirkorlikka jalb etish, bunda kasanachilik imkoniyatlaridan samarali foydlanish yuzasidan o‘z takliflarini o‘rtaga tashladi.

Davra suhbatida shuningdek, tuman davlat soliq inspeksiyasi, tijorat banklari vakillari  tadbirkorlar, xususan, kasanachilik bilan mehnat qiladigan ayollarga yaratilgan imtiyozlar bilan tanishtirdilar. Shuningdek, ular tadbir ishtirokchilari tomonidan berilgan savollarga ham javob qaytarishdi.

Tadbir yakunida tumanda oilaviy biznesni, kasanachilikni yanada rivojlantirish, tomorqalardan unumli foydalanish, bunda boshlang‘ich tashkilotlar va mahalliy kengash deputatlari faolligini oshirish yuzasidan vazifalar belgilab olindi. 

Komiljon FAYZIYEV,

O‘zLiDeP Namangan viloyat Kengashi

Matbuot xizmati 

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

Teglar
BPT
  • Ko'rildi
    1327
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+