Behuda tekshirishlarga batamom chek qo‘yildi

31.07.2018, 18:51

Behuda tekshirishlarga batamom chek qo‘yildi

Mamlakatimiz rahbari 2018 yil 27 iyul kuni biznesni rivojlantirishdagi byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish, tadbirkorlik sub’ektlarini himoya qilishning huquqiy mexanizmlarini yanada kuchaytirish, mamlakatda investitsiya va ishbilarmonlik muhitini yaxshilash maqsadida “Tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonni imzoladi.

Xo‘sh, ushbu farmonda qanday muhim masalalar qamrab olindi va ular nimalarga xizmat qiladi?

Birinchidan, Farmon bilan asosiy elektoratimiz hisoblangan tadbirkorlar faoliyatidagi behuda tekshirishlarga batamom chek qo‘yilmoqda. Ya’ni mazkur farmon nazorat qiluvchi organlar va tadbirkorlik sub’ektlari o‘rtasida ishonchli hamkorlikni o‘rnatish, amaldagi tekshiruvlar tizimini, davlat nazoratining boshqa turlarini, shuningdek, soliq va boshqa majburiy to‘lovlarni undirish tartibini tadbirkorlar manfaatlarini inobatga olgan holda yanada soddalashtirishga xizmat qiladi.

Ikkinchidan, quyidagilarning Farmon kuchga kirgan vaqtda mavjud bo‘lgan qat’iy belgilangan soliq va ushbu qarzdorlik uchun hisoblangan penyalar bo‘yicha, shuningdek, moliyaviy jarimalar va sud xarajatlari (sud chiqimlari bundan mustasno) bo‘yicha hisoblangan qarzdorligi hisobdan chiqarildi:

2018 yil 1 aprelga qadar yakka tartibdagi tadbirkor maqomini yo‘qotgan jismoniy shaxslar;

2018 yil 1 apreldan moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirmayotgan (jumladan, faoliyatini vaqtincha to‘xtatgan) yakka tartibdagi tadbirkorlar;

davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullangani uchun bir yillik qat’iy belgilangan soliq summasi hisoblangan jismoniy shaxslar.

Faqat bunday imkoniyat ularga 2019 yil 1 yanvarga qadar tadbirkorlik faoliyatini tiklagan yoki qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tgandagina beriladi. Bu ma’lum sabablarga ko‘ra faoliyatini to‘xtatgan tadbirkorlarni qayta jonlanishiga, boshqacha aytganda ularni biznesini qayta yo‘lga qo‘yishi uchun o‘ziga xos rag‘bat, imkoniyat desak xato bo‘lmaydi. Faqat bundan unumli foydalanish kerak xolos.

Uchinchidan, 2018 yil 1 sentyabrdan boshlab tadbirkorlik sub’ektlarining moliya-xo‘jalik faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan rejali tekshiruvlar hamda tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatida o‘tkaziladigan nazorat tartibidagi tekshiruvlar bekor qilingani ushbu islohotning uzviy davomi bo‘ldi. Bu tadbirkorlarning o‘z biznesini  yanada rivojlantirishga undaydi, davlat organlarini esa samarasiz va ortiqcha nazorat funksiyalardan voz kechishga olib keladi.

To‘rtinchidan, farmon bilan tadbirkorlarni tekshirish tashabbusi bilan chiqish “xavfni tahlil etish” tizimi natijalari asosida amalga oshirish, barcha tekshiruvlar Tekshiruvlarni elektron ro‘yxatga olish yagona tizimida ro‘yxatga olinishi, aksincha ro‘yxatga olinmagan tekshiruvlar noqonuniy deb hisoblanishi qat’iy belgilab qo‘yildi. Bizningcha bu tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatida o‘tkaziladigan tekshiruvlarning tashkiliy jihatlari va tartib-taomillarini kompleks tartibga solish hamda ularning monitoringini olib borishning yagona yaxlit tizimini ishlab chiqishga, qolaversa, nazorat qiluvchi organlar faoliyatining shaffofligini ta’minlash va o‘tkaziladigan tekshiruvlarning asosliligini xolis baholash imkonini beradi.  

Beshinchidan, farmonga binoan 2018 yil 1 sentyabrdan boshlab yakka tartibdagi tadbirkorlarga O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan yangi yengil avtomobillarni bank korporativ kartalari orqali sotib olish huquqi berildi. Ochig‘ini aytish kerak bu tadbirkorlarni uzoq yillardan beri o‘ylantirib kelayotgan masalaga uzil-kesil oydinlik kiritdi.

Oltinchidan, farmonda shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil Vazirlar Mahkamasi bilan birgalikda 2018 yil 1 sentyabrga qadar Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga ushbu Farmon qoidalarini inobatga olgan holda “Tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasini kiritish vazifasi yuklandi.

Tabiiyki mazkur muhim vazifa ijrosini ta’minlashda O‘zLiDeP chetda turishi mumkin emas. Shundan kelib chiqqan holda biz Farmon mazmun-mohiyatini tushuntirishga qaratilgan tadbirlarda yuqoridagi qonun loyihasi yuzasidan tadbirkorlar, mahalliy kengashdagi deputatlarimiz hamda aholining takliflarini o‘rganishga alohida e’tibor qaratamiz. Olingan takliflarni umumlashtirib, ularni tegishli tartibda parlament quyi palatasidagi O‘zLiDeP fraksiyasiga hamda Vazirlar Mahkamasiga taqdim etamiz. Maqsad qonunni pishiq va puxta tayyorlashga hissa qo‘shishi orqali uni hayotiyligini ta’minlashdan iborat.

O`zLiDeP dasturiy maqsad va vazifalaridan kelib chiqib yondashadigan bo‘lsak, ushbu farmon biz uchun judayam muhim ahamiyatga ega. Negaki, farmonda nazarda tutilgan vazifalar mamlakatda ishbilarmonlik muhitini rivojlantirishga, xorijlik investorlarning yurtimizga yanada ko‘proq sarmoya kiritishiga, yurtimizning investitsiyaviy jozibadorligini tobora oshirishga juda katta hissa qo‘shadi.

Akrom ALIMOV,

O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya

 qo‘mitasi a’zosi

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

Teglar
Munosabat
  • Ko'rildi
    912
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Қ.Эшқораева Навоий вилояти Учқудуқ тумани2018-08-01 16:58:47

Президент фармони билан тадбиркорларнинг фаолиятидаги қўшимча текширишларга чек қўйиш билан бирга тадбиркорларга берилаётган имкониятлар кулами кенгайганлигини бемалол айта оламиз. Фақат тадбиркорларимиз бу имкониятлардан оқилона фойдаланса бўлгани.


Кадиров Жасурбек-O`zLiDeP Олмазор туман Кенгаши аппарат раҳбари2018-08-01 11:43:53

Мамлакатимиз раҳбари 2018 йил 27 июль куни бизнесни ривожлантиришдаги бюрократик тўсиқларни бартараф этиш, тадбиркорлик субъектларини ҳимоя қилишнинг ҳуқуқий механизмларини янада кучайтириш, мамлакатда инвестиция ва ишбилармонлик муҳитини яхшилаш мақсадида “Тадбиркорлик субъектларининг ҳуқуқлари ва қонуний манфаатларини ҳимоя қилиш тизимини янада такомиллаштириш чора-тадбирлари тўғрисида”ги Фармонни имзолади. Мазкур фармонда назарда тутилган вазифалар мамлакатда ишбилармонлик муҳитини ривожлантиришга хизмат қилади.


Кадиров Жасурбек-OzLiDeP Олмазор туман Кенгаи аппарат раҳбари2018-08-01 11:42:37

Мамлакатимиз раҳбари 2018 йил 27 июль куни бизнесни ривожлантиришдаги бюрократик тўсиқларни бартараф этиш, тадбиркорлик субъектларини ҳимоя қилишнинг ҳуқуқий механизмларини янада кучайтириш, мамлакатда инвестиция ва ишбилармонлик муҳитини яхшилаш мақсадида “Тадбиркорлик субъектларининг ҳуқуқлари ва қонуний манфаатларини ҳимоя қилиш тизимини янада такомиллаштириш чора-тадбирлари тўғрисида”ги Фармонни имзолади. Мазкур фармонда назарда тутилган вазифалар мамлакатда ишбилармонлик муҳитини ривожлантиришга хизмат қилади.


Б.Отешова-Канликул тумани2018-08-01 11:11:47

Фармон билан текширувларни электрон рўйхатга олиш ягона тизимида рўйхатга олиниши, аксинча рўйхатга олинмаган текширувлар ноқонуний деб ҳисобланиши қатъий белгилаб қўйилганлиги тадбиркорларнинг давлатимизга, қонунларга бўлган ишончини орттиради


Рахманова Гульнара УзЛиДеП тахтакупир туман Кенгаши 2018-08-01 10:21:48

Мамлакатимиз раҳбари 2018 йил 27 июль куни бизнесни ривожлантиришдаги бюрократик тўсиқларни бартараф этиш, тадбиркорлик субъектларини ҳимоя қилишнинг ҳуқуқий механизмларини янада кучайтириш, мамлакатда инвестиция ва ишбилармонлик муҳитини яхшилаш мақсадида “Тадбиркорлик субъектларининг ҳуқуқлари ва қонуний манфаатларини ҳимоя қилиш тизимини янада такомиллаштириш чора-тадбирлари тўғрисида”ги Фармонни имзолади. Бу эса тадбиркорлик йуналишидаги тусикларни янада бартараф килишда кул келади. Бу фармон барча тадбиркорлар тамонидан куллаб кувватланмокда.


Чилонзор туман Кенгаши Мўминова Нигора 2018-08-01 09:48:43

Презинтемиз томонидан 2018 йил 27 июль куни “Тадбиркорлик субъектларининг ҳуқуқлари ва қонуний манфаатларини ҳимоя қилиш тизимини янада такомиллаштириш чора-тадбирлари тўғрисида”ги Фармоннинг имзоланиши мамлакатимиздаги барча тадбиркорлар учун тадбиркорлик қилишларига катта йўл очиб беради.Шу жумладан,маълум сабабларга кўра фаолиятини тўхтатган тадбиркорларни қайта жонланишини таъминлайди.


Fikringizni qoldiring

+