Sirdaryoda ishbilarmon ayollar safi kengaymoqda

29.08.2017, 20:05

Sirdaryoda ishbilarmon ayollar safi kengaymoqda

Qurbonoy Siddiqnazarovani Sirdaryo tumanida ko‘pchilik yaxshi taniydi. Ayniqsa, “Ulug‘bek” mahallasida yashovchi xotin-qizlar uni tadbirkorligiga tan berishib, o‘zlariga ustoz deb biladi. Chunki tadbirkor o‘z xonadonida 100 ga yaqin manzarali gullar parvarishi bilan birgalikda 50 turdagi uy gullarini mehr bilan ko‘paytirishda tuman “rekordini” qo‘lga kiritgan.

–Yerni bekor qoldirish, umriga zavol bo‘lish – uvol, – deydi tadbirkor. – Ayrimlar oyog‘i ostidagi naqd daromadni ko‘rmaydi-da, nasibasini boshqa joylardan qidirib ovora bo‘ladi. Shundoq qo‘l cho‘zsa yetkulik xazinaga erishish har kimning astoydil ter to‘kib mehnat qilishiga, intilishi va omilkorligiga bog‘liq. Biz oila a’zolarimiz bilan gulga juda qiziqamiz. Nega desangiz, gul ekilgan, turli-tuman chechaklar barq urib yotgan hovli, ko‘cha yo xiyobon ko‘rgan ko‘zni quvnatadi, dilni yayratib, ravshan torttiradi. Bayramlarni-ku, gulsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Zero, ko‘nglidagi ezgu niyatini bir dasta gul bilan izhor etish odamzodga azaldan odat.

Bugun mahallada Qurbonoy opadek tadbirkorlar ko‘plab topiladi. Demakki, aholini bir maqsad ya’ni, obodlik yo‘lida birlashtira olgan mahalla yetakchilari hamisha faol.

–Mahalla fuqarolari menga ishonch bildirib tuman Kengashiga deputat qilib saylaganidan so‘ng o‘z oldimga bir qator vazifalarni qo‘ygan edim, – deydi Xalq deputatlari Sirdaryo tuman Kengashi deputati  Zuxra Subxonova.– Shu bois hozirda saylovchilar bilan doimiy muloqotda bo‘lib, ularni qiynab kelayotgan muammolarga yechim topishga, xonadonma-xonadon yurib, aholini tadbirkorlikka jalb qilishga alohida e’tibor qaratib kelayapman. Partiya tomonidan BPT o‘rtasida “O‘zLiDeP boshlang‘ich tashkilotlari o‘z tomorqasida faoliyat boshlaganlarga ko‘makdosh” nomli loyihasini tashkil etilishi menga o‘z saylovchilarim bilan muloqotni samarali tashkil etishimda keng zamin yaratadi.  

Zuxra Subxonova tumandagi tadbirkor ayollardan biri hisoblanadi. Asli kasbi shifokor bo‘lishiga qaramay, mana 20 yildan buyon xususiy sixatgoh rahbari ya’ni tadbirkor ayol sifatida aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatib kelmoqda. Ayniqsa, 100 nafarga yaqin aholini, 80 dan ortiq yoshlarni ish bilan ta’minlagan ushbu tadbirkor o‘z biznesi va tanlagan yo‘liga ega. Demakki, deputatlik faoliyatda ham saylovchilari bilan birgalikda samarali ishlarni qilishiga ishonish mumkin.

Ha, mazkur mahalladagi aholining yashash tarzini kuzata turib, insonning qo‘li qanchalik samarali ishlarni  bajarishga qodir ekanligiga yana bir bor amin bo‘ldik. Eng muhimi, mahalla ahli kimdir kelib muammolarimizni hal qilib berishi kerak yoki ko‘pchiligimiz ish bilan ta’minlanmaganmiz, degan boqimandalik kayfiyatidan yiroq. Kundalik yumushi va sevimli mashg‘uloti bilan band. Chunki o‘zlari ishonch bildirib saylagan deputati, mahalla raisi, BPT faollari hamisha ular bilan birga, hamfikr.

O‘zLiDeP Sirdaryo viloyat Kengashi

matbuot xizmati

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1918
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Samidillo2019-08-05 09:41:18

Ўзбекистон-Белорусь муносабатлари хусусида ўйларим... Узоқ йиллар армон бўлган орзуларим амалга ошмокда! Сизга таъзим ва КАТТА раҳмат, жаноб Президент! Чунки, мен Минск шаҳри (БГУ, БДУ-1987-1993 йиллар)да 5 йил ўқидим...бу халкнинг салоҳиятини яхши биламан, имкониятини қадрлайман..жонажон Универститетимнинг ўқув заллари-ю, устозларимни, ҳозирда ушбу мамлакатда ва чет элларда турли соҳаларда меҳнат қилаётган курсдошларимни, ушбу шаҳар кўчалари-ю хиёбонлари, одамлари...барча барчасини фақат яхши хотиралар билан эслайман...Ушбу давлат билан яқиндан ҳамкорлик қилмаслик бизга...бир сўз билан айтганда ЗАРАР эди!...Кўз тегмасин, халклар дўстлиги, мамлакатлар ҳамкорлиги абадий бўлсин!


Fikringizni qoldiring

+