BPT faollari uchun masxus qo‘llanma chop etiladi

01.08.2017, 20:23

BPT faollari uchun masxus qo‘llanma chop etiladi

Prezident Shavkat Mirziyoyevning “Parlamentimiz haqiqiy demokratiya maktabiga aylanishi, islohotlarning tashabbuskori va asosiy ijrochisi bo‘lishi kerak” nomli ma’ruzasining mazmun-mohiyatini keng ommaga ayniqsa elektorat vakillariga tushuntirish maqsadida joylarda uchrashuvlar tashkil etilmoqda.

Shu mazmundagi tadbir Nukus shahridagi “Nukus kollektor drenaj tarmoqlari” qoshidagi BPTda bo‘lib o‘tdi. Unda partiyaning Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi va shahar Kengashi xodimlari, quyi bo‘g‘in faollari va OAV vakillari ishtirok etdi.

Yig‘ilishda asosan Prezidentimiz ma’ruzalaridan kelib chiqib, partiyaning oldida turgan ustuvor vazifalar, bu borada quyi bo‘g‘in ishlarini yanada jonlantirish, aholi murojaatlari bilan ishlashni kuchaytirish, ayniqsa elektorat vakillari bo‘lgan tadbirkor va fermerlarning manfaatlarini himoya qilishda BPTlarning rolini yanada kuchaytirish, “partiya + bpt + deputat” tizimi asosida quyi bo‘g‘in ishlarini yanada jonlantirishda maxsus o‘quv-kurslar tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

—Ayni paytda biz partiya faollari uchun Prezidentimizning  videoselektordagi har bir fikrlari bizlarga va faoliyatimizga berilgan haqqoniy baho deb bilaman, - deydi O‘zLiDeP Nukus shahar Kengashi BPT konsultanti E.Bekimbetova. —Bundan xulosa chiqarib, o‘z oldimiz qator vazifalarni belgilab oldik. Jumladan, boshlang‘ich partiya yetakchilari uchun masus o‘quv qo‘llanma chiqarishni rejalashtiryapmiz. Bu quyi tizim faoliyatini yanada yaxshilashga xizmat qiladi.

Shuningdek, yig‘ilishda “quyidan-yuqoriga” tamoyili asosida BPT bilan deputatlar hamkorligini yanada mustahkamlash, ayniqsa xalqning ichiga kirib borib, mahallalardagi uyushmagan yoshlar bilan ishlashni yo‘lga quyish, ularning muammo va takliflarini ko‘rib chiqish va uni bartaraf etishda mas’uliyat bilan yondoshish kerakligi alohida qayd etildi.

                                                      B.Tanirbergenov,

O‘zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi

 BPTlar bilan ishlash guruhi rahbari

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

Teglar
BPT
  • Ko'rildi
    1321
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Жовлиев Улуғбек O`zLiDeP Қашқадарё вилояти Маъмурий-хўжалик ишлари бўлими мудири2019-08-26 10:40:32

To`g`ri hozirda qilayotgan ishlarimizdan qancha maqtansak kam, lekin kamchiliklarimiz ham yetarli. Biz ushbu yutuqlarimizdan havollanmay qolgan kamchiliklarga ko`z yumasdan olib borayotgan siyosatimizni yanada kuchaytirishimiz zarur.


Fikringizni qoldiring

+