Tomorqalarchilarning quvonchi cheksiz

19.08.2018, 01:41

Tomorqalarchilarning quvonchi cheksiz

O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi va Qashqadaryo viloyat, tuman Kengashlari xodimlari, mahalliy Kengash deputatlari hamda partiya faollaridan iborat ishchi guruhi  G‘uzor tuman Yarg‘unchi qishlog‘ida bo‘ldilar. Qishloqda  974 xonadon bo‘lib, 5491 nafar aholi istiqomat qiladi. Oqova suv yo‘qligi bois tomorqalarga dehqonchilik qilishi imkoni yo‘q edi. Tuman kengashidagi partiya deputatlik guruhi tashabbusi va deputat Tavakkal Rahimovning sa’y harakatlari bilan qishloq hududida 4 ta artezian qudug‘i qazish “Obod qishloq” dasturiga kiritildi. Mana bir necha oydirki, bu artezian quduqlar chiqayotgan suv bilan nafaqat aholining ichimlik suvi ta’minoti yaxshilandi, balki tomorqalardan samarali foydalanish imkoni yaratildi.

- Biz yarg‘inchiliklar yurtboshimizdan cheksiz minnatdormiz,-deydi yarg‘unchilik Ermat Jo‘rayev. – “Obod qishloq” dasturi bizning dilimizdagi gap bo‘ldi. Xalqimizning ko‘p yillik eng oliy orzusi ushaldi. Endilikda tomorqalarimiz yashnab turibdi. Odamlar ro‘zg‘orlaridan ortgan sabzavotni bozorga olib chiqib, daromad topishayapti. Partiya faollari bilan suhbat nihoyatda qiziqarli bo‘ldi. Ko‘pchilik yoshlarimizda tadbirkorlik qilish istagi paydo bo‘ldi. Eng muhimi, biz yarg‘unchiliklar mamlakatimizda yurtboshimiz tomonidan amalga oshirilayotgan islohotlarni samarasini o‘z ko‘zimiz bilan ko‘rdik. Qalbimizda baxtli ertamizga bo‘lgan ishonch paydo bo‘ldi.

O‘zLiDePning Facebook hamda Instagram'dagi rasmiy sahifasi va Telegram’dagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

Teglar
Ishchi guruh
  • Ko'rildi
    1051
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Рахманова Гульнара УзЛиДеП Тахтакупир туман Кенгаши ижрочи котиб 2018-08-19 08:01:23

Партиямиз фаолларидан иборат ишчи гуруҳи жойларга чикиб халкимизнинг яшаш шароийтлари билан якиндан танишиб муоммаларини урганиб ердам курсатишларини бу мактовга лойик. Партиямизнинг жамиятдаги урни билинади, халкимизнинг келажакга ишончи ортади


Fikringizni qoldiring

+