Bog‘otlik Rayxon Raxmonova 1 sotix yerdan 6 mln. so‘m miqdorida daromad olyapti

27.08.2018, 16:51

Bog‘otlik Rayxon Raxmonova 1 sotix yerdan  6 mln. so‘m miqdorida daromad olyapti

Bog‘ot tumani Mirishkor qishlog‘ining “Ma’naviyat” mahallasi kun sayin chiroy ochib bormoqda. Boisi, ayni chog‘da hududda “Obod qishloq” dasturi ijrosi doirasida keng ko‘lamli bunyodkorlik va qurilish-obodonlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.  

Quvonarlisi, bunday savobli ishlarga davlat tashkiloti qatori, O‘zLiDeP tuman Kengashi faollari hamda Xalq deputatlari tuman Kengashidagi partiya deputatlik guruhi a’zolari ham faol qatnashmoqda.  Partiya faollaridan iborat ishchi guruh a’zolari bu gal mazkur hududga borishdi.

 -Partiya vakillarining shuncha yumushlardan ortib mahallamizga kelib, holimizdan xabar olganidan to‘g‘risi, rosa xursand bo‘ldik, - deydi “Ma’naviyat” mahalla raisi Kuronboy aka Kurbonov. – Nega desangiz, tashrif chog‘ida ular faqat odamlar bilan muloqot qilmasdan, yillar davomida aholini qiynab kelayotgan qator muammolarga yechim topdilar.  Masalan, partiya faollarining ko‘magida ko‘plab yoshlar tadbirkorlik faoliyatini boshlab ishli bo‘ldi, o‘z tengqurlarini bandligini ta’minladi.

Shuningdek, ishchi guruh a’zolari hududdagi Rayxon Raxmonova  xonadonida bo‘ldi. O‘zaro suhbat jarayonida Rayxon opaning 1 sotixlik yer maydoniga bodring ekib, 6 mln. so‘m atrofida daromad olgani aniqlandi.

Joylarda aholini o‘z tomorqasidan daromad olishga, dastur doirasida kam foizli kreditlar olib, issiqxona, baliqchilik, qoramolchilik, tikuvchilik, kasanachilik kabi foydali mehnat bilan shug‘ullanishlarini, xorijga ishlashga ketgan aholini yurtimizga qaytarib, bugungi kundagi imtiyoz va imkoniyatlardan foydalansa, katta daromad manbaiga ega bo‘lishi mumkinligi tushintirildi.

Shuningdek, oilaviy tadbirkorlik qilish istagini bildirgan fuqarolarga imtiyozli kredit olishlarida partiya doimo ko‘makdosh bo‘lishi aytib o‘tildi.

                                                  Masharipov MAXMUDJON,

O‘zLiDeP Bog‘ot tuman Kengashi

apparat rahbari

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

Teglar
Ishchi guruh
  • Ko'rildi
    1108
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+