Olotlik 23 yoshli tadbirkorning 30 nafar ishchi-xodimlari O‘zLiDePga a’zo bo‘ldi

07.09.2018, 10:42

Olotlik 23 yoshli tadbirkorning 30 nafar ishchi-xodimlari O‘zLiDePga a’zo bo‘ldi

Avval xabar berganimizdek, O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi va Buxoro viloyat Kengashi vakillaridan tashkil qilingan ishchi guruh Olot tumanida bo‘ldi. Hududlardagi tadbirkorlik, qurilishi nazarda tutilgan binolar bilan yaqindan tanishish maqsadida partiya faollari “Sherzod Otamurodov Ravnaqi” oilaviy korxonasiga  borishdi.

- Partiya faollarining tikuv seximizga tashrif buyurgani bizni yanada quvontirdi, - deydi 23 yoshli tadbirkor Sherzod Otamurodov. - Bizni qiynayotgan muammolar bilan o‘rtoqlashib, amaliy yordam qo‘lini cho‘zishga tayyor ekanliklari to‘g‘risida aytishdi. Ularning biz tadbirkorlarga yordam berish asosiy maqsadlari ekanligidan juda xursandmiz. Albatta, hozirning o‘zida barcha ishchilarimizni partiya safiga qo‘shishga va’da beramiz.

Ta’kidlash joizki, tadbirkor ushbu tikuv sexini ochishda bankdan imtiyozli kredit olib, 175 mln so‘mlik tikuv mashinalari olib kelgan. 36 nafar ishchi-xodim bilan yaqinda ish boshlaganiga qaramay tumandagi bir qator tashkilotlar uchun maxsus kiyimlar, bog‘cha va maktab formalari yetkazib bermoqda. Kelajakda yana 20 ta ishchi o‘rin yaratishni maqsad qilgani quvonarli holdir.

Ishchi guruhi vakillari tumandagi “Usmonshayx” MFYda bo‘lib aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazdi. Mahalla fuqorolari Bekzod Gulliyev hamda Bekzod Abduhamidovlar tadbirkorlik faoliyatini boshlash maqsadida tijorat banklaridan kredit olish borasida muammolari borligi haqida to‘xtaldilar. Ushbu masalani ijobiy yechim topish maqsadida partiya deputatlik guruhi a’zolari o‘z nazoratiga olishdi.

 Joylarda ishchi guruh tomonidan aholi muammolarini o‘rganish ishlari davom etmoqda.

O‘zLiDeP Buxoro viloyat kengashi

matbuot xizmati

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

Teglar
Ishchi guruh
  • Ko'rildi
    1086
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+