O‘zLiDeP ko‘magida 13 nafar xotin-qiz “Mega tekstil” MChJga ishga joylashdi

12.09.2018, 17:12

O‘zLiDeP ko‘magida 13 nafar xotin-qiz  “Mega tekstil” MChJga ishga joylashdi

Partiya faollaridan iborat ishchi guruh a’zolari Ellikqal’a tumanidagi “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturiga kiritilgan “Bostan” shaharchasi ahli bilan uchrashdi.

Tashrif chog‘ida partiya vakillari mahallama-mahalla, uyma-uy yurib, xalq bilan yuzma-yuz muloqot qildi, ularni qiynayotgan muammolarni o‘rgandi va ularga ijobiy yechim topish choralarini ko‘rdi.

–Mazkur tumanga kelin bo‘lib tushganimga 5 yildan oshdi, – deydi “Bostan” shaharchasida yashovchi R.Mamutova. – Farzand tarbiyasi bilan shug‘ullanib, ko‘p yillar uyda o‘tirdim. Tikish-bichish sir-asrorlaridan biroz xabarim bor. Shu bois, birorta korxonaga ishga joylashib, oilamiz daromadiga hissa qo‘shmoqchiman.    

Muloqotlar davomida shu va boshqa fuqarolar tomonidan ishsizlik masalasida kelib tushgan murojaatlar atroflicha o‘rganildi va ishchi guruh tashabbusi bilan 13 nafar xotin-qiz “Mega tekstil” MChJga ishga joylashtirildi.

Dilbar ShARAPOVA,

O‘zLiDeP Ellikqal’a tuman

Kengashi apparat rahbari

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

Teglar
Ishchi guruh
  • Ko'rildi
    989
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Рахманова Гульнара КР Тахтакупир туман Кенгаши 2018-09-13 16:24:12

Элликқалъа туманидаги партиядошларимизнинг амалий ишлари албатта кувонарли хол. Келгуси ишларингизда омадлар тилаймиз


Қ.Эшқораева Навоий вилояти, Учқудуқ тумани2018-09-12 17:22:04

Ишсизлик даражасининг камайишида партиямиз ҳиссасининг ортиши қувонарли ҳол албатта. Бугунги кунда аҳоли бандлиги энг долзарб масалалардан бири эканлиги ҳеч кимга сир эмас.


Fikringizni qoldiring

+