“Asl Nafis” MChJning 20 nafar xodimi O‘zLiDePga a’zo bo‘ldi

“Asl Nafis” MChJning 20 nafar xodimi  O‘zLiDePga a’zo bo‘ldi

O‘zLiDeP faollarining partiya dasturiy maqsad va vazifalari targ‘ibotiga bag‘ishlangan uchrashuvlari davom etmoqda.

Ana shunday tadbirlardan biri “Samarqanddon mahsulotlari” AJ va “Asl Nafis” MChJda tashkil etildi.

Uchrashuvda partiyaning maqsad va vazifalari, hukumatimiz tomonidan qabul qilingan tadbirkorlik sohasini rivojlantirishga oid Qaror va Farmonlarning ijrosi xususida so‘z bordi. Shuningdek, “Har bir oila – tadbirkor”, “Yoshlar kelajagimiz” Davlat dasturlarining mazmun-mohiyati haqida yig‘ilganlarga atroflicha tushunchalar berildi.

–Keyingi yillarda davlatimiz rahbari tomonidan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda, – deydi O‘zLiDeP Samarqand viloyat Kengashi bo‘lim mudiri Nasiba Mo‘minova. – Xususan, “Yoshlar kelajagimiz” Davlat dasturi doirasida 14 yoshga to‘lgan yurtdoshlarimizning biznes rejalari uchun imtiyozli kreditlar ajratilmoqda. Bu esa, farzandarimizni yoshlikdan tadbirkorlik sohasidagi qobiliyatlarini shakillantiribgina qolmay,  yurtimiz ravnaqi uchun xizmat qiladigan katta-katta ishbilarmonlarni kashf etishga turtki bo‘ladi.

“Asl Nafis” MChJda 50 turdan ortiq chinni mahsulotlari ishlab chiqariladi. Hozirda korxonada 350 ga yaqin ishchi-xodim mehnat qilyapti.  Korxona mahsulotlari esa Tojikiston, Qozog‘iston, Azarbayjon, Qirg‘iziston kabi  qator MDH davlatlarga eksport qilinmoqda. 

 Ta’kidlash o‘rinliki, ushbu  korxonaning  sotuv shahobchalari kelajakda respublikamizning barcha viloyatlarida ochilishi rejalashtirilgan.

Korxona xodimlari bilan muloqotlar chog‘ida 20dan ortiq ishchi- xodim partiya safiga qabul qilindi.

Baxtigul QARShIYEVA,

O‘zLiDeP Samarqand viloyat

Kengashi matbuot kotibi

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

 

Teglar
BPT
  • Ko'rildi
    955
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+