Qishloq xo‘jaligi korxonalarining Yagona elektron axborot ba’zasiga 4,5 mln tomorqa yer egasi haqida ishonchli axborotlar kiritildi

12.09.2018, 19:19

Qishloq xo‘jaligi korxonalarining  Yagona elektron axborot ba’zasiga 4,5 mln tomorqa yer egasi haqida ishonchli axborotlar kiritildi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining joriy yil 10 avgustdagi “Qishloq xo‘jaligi korxonalari faoliyatiga zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga  asosan fermer va dehqon xo‘jaliklari hamda qishloq xo‘jaligi korxonalarining Yagona elektron axborot ba’zasi yaratildi. Yangi tizimda 4,5 mln tomorqa yer egasi haqida ishonchli axborotlar kiritildi.

Poytaxtimizda mazkur qaror mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisi, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi vazifasini bajaruvchi Aktam Xaitov, O‘zbekiston Respublikasi yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Maqsud Ro‘zmetov, O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi agromonitoring markazi direktori Hikmat Nasrullayev ishtirok etdi.

Tadbirda Yagona elektron axborot ba’zasining qishloq xo‘jaligi korxonalari faoliyatini rivojlantirishdagi ahamiyati, tomarqa yer egalari va fermerlarga yaratadigan qulayliklari muhokama qilindi.

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1161
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+