Ishchi guruh Kamila Axmadovaga tadbirkorlik faoliyatini boshlashiga ko‘maklashadi

14.09.2018, 18:21

Ishchi guruh Kamila Axmadovaga tadbirkorlik faoliyatini boshlashiga ko‘maklashadi

Chirchiq shahridagi “Mirzo Ulug‘bek” MFYda 1322 ta xonadon bo‘lib, ularda 2965 nafar aholi istiqomat qiladi. Keyingi yillarda tumanda amalga oshirilgan keng ko‘lamli islohotlar mazkur hudud taraqqiyotini yangi pog‘onaga olib chiqdi.

O‘zLiDeP vakillaridan tuzilgan ishchi guruh a’zolari ushbu MFYda bo‘lib, “Obod mahalla” dasturi doirasida hududda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi.

Tashrif davomida partiya faollari uyma-uy, xonadonma-xonadon yurib, odamlar bilan muloqot qildi, ularni qiynayotgan muammolarni o‘rgandi va hal etish choralarini ko‘rdi.

Kamila Axmadova “Mirzo Ulug‘bek” MFYda istiqomat qiladi. Hozirda u yurtimizda tadbirkorlarga qaratilayotgan e’tibordan samarali foydalanib, o‘z biznesini boshlash harakatida. Lekin biznes boshlash uchun ham katta mablag‘ kerak.

Shu masalada ishchi guruhdan yordam so‘ragan Kamilaning muammosi yaqin kunlarda hal bo‘ladigan bo‘ldi. Partiya faollari muammoni o‘z zimmasiga olib,  ijobiy hal etib berishga va’da berdi.

Shuningdek, muloqotlar davomida aholiga “Har bir oila – tadbirkor” va “Yoshlar – kelajagimiz” dasturi mazmun-mohiyati haqida tushunchalar berildi.

O‘zLiDeP Toshkent viloyat

Kengashi matbuot xizmati

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

Teglar
Ishchi guruh
  • Ko'rildi
    1022
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+