O‘zLiDeP shofirkonlik tadbirkorga kredit olishda ko‘maklashdi

20.09.2018, 17:10

O‘zLiDeP shofirkonlik tadbirkorga  kredit olishda ko‘maklashdi

O‘zLiDeP faoli, Xosiyat Abdullayeva hayotida yana bir quvonchli voqea yuz berdi. U tuman markazida tikish-bichish sexini tashkil etib, ish boshladi.

Xosiyat Abdullayeva O‘zLiDeP ko‘magida Mikrokreditbank tuman bo‘limidan 18 mln 850 ming so‘m imtiyozli kredit olib faoliyatini yo‘lga qo‘ydi. Natijada korxonada qo‘shimcha 5 ish o‘rinlari yaratildi.

– Kelajakda korxonamni yanada kengaytirib, erkaklar kastyum shimi, xotin-qizlar, kelinlar uchun milliy kiyimlar tikishni rejalashtiryapman, – deydi X.Abdullayeva. – Yana 20 ta ish o‘rni yaratish niyatim bor. Keyingi yildan boshlab korxonamizning Vobkent va G‘ijduvon tumanlarida ham  filiallarini tashkil etamiz.

Ta’kidlash kerak, o‘tgan 9 oy davomida partiya tuman Kengashi va Mikrokreditbank tuman filiali bilan hamkorlikda 3 ta tikuvchilik sexi faoliyati yo‘lga qo‘yildi.  

Ya.Olimov,

O‘zLiDeP Shofirkon tuman Kengashi raisining

birinchi o‘rinbosari-apparat rahbari

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    936
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+