O‘zLiDeP O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etdi (+FOTOGALEREYA)

25.09.2018, 18:21

O‘zLiDeP O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan bayram tadbiri  tashkil etdi  (+FOTOGALEREYA)

Bugun O‘zbek Milliy akademik drama teatrida Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi va Toshkent shahar Kengashi hamkorligida 1 oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan “Ustozlar sizga ta’zim” mavzusida bayram tadbiri tashkil etildi. 

Unda O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi va partiya Toshkent shahar Kengashi xodimlari, Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashidagi partiya deputatlik guruhi a’zolari, umumta’lim maktabi, o‘rta maxsus va oliy o‘quv yurtlari o‘qituvchilari, tadbirkor va fermerlar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. 

Tadbirni O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisi Aktam Xaitov kirish so‘zi bilan ochib, o‘qituvchilik kasbi, uning mashaqqatlari haqida gapirdi.

Ta’kidlanganidek, keyingi yillarda Prezidentimiz rahnamoligida barkamol avlodni tarbiyalash, malakali kadrlar tayyorlashning muhim vositasi sifatida ta’lim sohasini tubdan isloh etishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu jarayonda hayotga tatbiq etilayotgan izchil islohotlar ko‘lami va mazmun-mohiyati bilan mamlakatimizda hech kimdan kam bo‘lmagan va kam bo‘lmaydigan navqiron avlodni voyaga yetkazishda muhim omil bo‘lmoqda.

Bundan tashqari, Prezidentimiz tomonidan ishlab chiqilgan “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturi doirasida mamlakatimizdagi umumta’lim maktablarining deyarli barchasi kapital rekonstruksiya qilinib, zamonaviy andozalar asosida ko‘plab yangi maktablar qurildi. Maktabgacha ta’lim muassasalari, maxsus maktab-internatlar, “Barkamol avlod” bolalar markazlari, sport, musiqa va san’at maktablari, pedagog xodimlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutlarining moddiy-texnik bazasi mustahkamlanib, ularning faoliyati davr ruhiga mos tarzda yo‘lga qo‘yildi. Bu o‘zgarish va yangilanishlar mamlakatimiz taraqqiyotining yangi davrida ta’lim tizimiga ko‘rsatilayotgan e’tibor va g‘amxo‘rlikning yaqqol isbotidir.   

Bugungi kunda ta’lim axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va masofaviy ta’lim asosida rivojlanmoqda. Shu bois avvalo o‘qituvchini ilg‘or pedagogik texnologiyalar va interfaol usullardan unumli foydalanadigan ijodkor-ustoz darajasiga ko‘tarishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Chunki bugungi o‘quvchiga yangi fikr, yangi ma’lumot, yangi uslub kerak. 

Tadbirda so‘z olgan aziz ustozlar va murabbiylar avvalo e’tibor uchun minnatdorchiliklarini izhor etisharkan, davlatimiz tomonidan ularga berilayotgan imtiyozlar, yaratilayotgan sharoitlarga munosib javob qaytarishlari, Vatanga sadoqatli, bilimli yoshlarni tarbiyalab voyaga yetkazishlari to‘g‘risida gapirib o‘tishdi.

Tadbir yakunida partiya tomonidan bir guruh faxriy professor-o‘qituvchilar, ustozlarga esdalik sovg‘alari taqdim etildi. Tadbir ishtirokchilariga bayram konserti namoyish etildi.

O‘zLiDeP Toshkent shahar

 Kengashi matbuot xizmati

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1964
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

36-сонли ёрдамчи мактаб ўқтувчилари2018-09-26 10:22:58

O`zLiDeP партия ташкилоти томонидан "Устозлар сизга таъзим” мавзусида ташкил этилган байрам тадбири биз устозларни кайфиятимизни янада кўтарди. Биз устозларга бўлган эътибор учун O`zLiDeP партия ташкилотига ўз миннатдорчилигимизни билдирамиз.


36-сонли ёрдамчи мактаб ўқтувчилари2018-09-26 10:21:50

O`zLiDeP партия ташкилоти томонидан "Устозлар сизга таъзим” мавзусида ташкил этилган баёрам тадбири биз устозларни кайфиятимизни янада кўтарди. Биз устозларга бўлган эътибор учун O`zLiDeP партия ташкилотига ўз миннатдорчилигимизни билдирамиз.


Кадиров Жасурбек Алишерович-O`zLiDeP Олмазор туман Кенгаши аппарат раҳбари2018-09-26 10:15:15

Тадбиркорлар ва ишбилармонлар ҳаракати – Ўзбекистон Либерал-демократик партияси Сиёсий Кенгаши Ижроия қўмитаси ва Тошкент шаҳар Кенгаши ҳамкорлигида 1 октябрь — Ўқитувчи ва мураббийлар куни муносабати билан “Устозлар сизга таъзим” мавзусида ташкил этилган байрам тадбири иштирокчилари ва азиз устозларни кайфиятига кайият қўшди десак муболаға бўлмайди. Албатда барча соҳалар қаторида таълим соҳасининг ўрни беқиёсдир. Фурсатдан фойдаланиб Юртимизда фаолият юритиб келаётган ҳамда таълим соҳасида самаралий меҳнат қилган барча ўқитувчи ва мураббийларни баёрамлари билан O`zLiDeP Олмазор туман Кенгаши аппарати номидан самимий муборакбод этамиз. Ҳурматли ўқитувчи ва мураббийлармизни, азиз устозларимизни шарафли ва масъулиятли фаолиятларида улкан зафарлар тилаб қоламиз.


Рахманова Гульнара УзЛиДеП Тахтакупир туман Кенгаши ижрочи котиб 2018-09-26 09:35:50

Охо, зур тадбир утибди. Маколани укиб ва расмларини куриб тулкиб кетади одам. Устозларга ва мураббийларимизга канча хурмат килсак уларни канча эзозласак арзийди. Бйарамларинингиз муборак булсин


ЎзЛиДеП Зарафшон шаҳар бўлими Фаоли О.Темиров2018-09-25 19:36:17

Ёш авлодни камолга етказишда қалб қўри, меҳр нурини бағшида этиб, ўзининг фарзанди каби ардоқлаб, эъзозлаб таълим-тарбия бераётган азиз устозлар, байрамингиз муборак бўлсин!


Навоий вилоят Кенгаши Қўчқоров Беҳзод Исомиддинович2018-09-25 19:06:01

Меҳрингиз-ла очмиш ҳаёт кўзини, Мадҳ этмоққа шайдур бугун овозим. Сизга ўхшатаман қуёш юзини, Оддий муаллимим, азиз Устозим. *** Қалби ззгуликка тўла, лиммо-лим, Кўкка йўлладингиз - баланд парвозим. Ҳамиша менга ёр Сиз берган таълим, Отамдай улуғим - азиз Устозим. *** Шеърият мулкига ошно этдингиз, Китоблар қатига битилар розим. Сиз-ки, борингизни фидо этдингиз, Ҳар нафас ҳамдамим - азиз Устозим Устозларимизни яқинлашиб келаётган касб байрамлари муносабати билан чин қалбдан табриклайман. Уларга қанчалик эҳтиром кўрсатмайлик шунчалик оз туюлаверади.


Fikringizni qoldiring

+