O‘zLiDeP deputatlari tijorat banklari rahbarlarining hisobotini eshitdi

29.11.2017, 13:35

O‘zLiDeP deputatlari tijorat banklari rahbarlarining  hisobotini eshitdi

Davlatimiz rahbari joriy yil 12 iyuldagi Oliy Majlis palatalari, siyosiy partiyalar hamda O‘zbekiston Ekologik harakati vakillari bilan bo‘lgan videoselektor yig‘ilishida O‘zLiDeP dasturiy vazifalardan kelib chiqib Iqtisodiyot va Moliya vazirliklari, Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi faoliyati ustidan parlament hamda deputatlik nazoratini o‘rnatishi va hamkorlikni keng yo‘lga qo‘yish borasida aniq vazifalar belgilab bergan edilar.

Ana shu vazifadan kelib chiqib, Xalq deputatlari Xo‘jayli tuman Kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda Xo‘jayli tumani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning 2017 yil 9 oylik yakunlari yuzasidan “Agrobank” va “Mikrokreditbank” tuman filiali boshqaruvchilari  hisobot berdi.

Hisobotda ta’kidlanganidek, joriy yilning 9 oyi davomida tadbirkorlikni rivojlantirish uchun “Agrobank” tuman filiali tomonidan jami 128 nafar fuqaroga 788,4 mln. so‘m miqdorida mikro kreditlar ajratildi. Jumladan, Prezidentimizning 2016 yil 5 oktyabrdagi Farmoni ijrosini bajarish va aholini tadbirkorlikka kengroq jalb etish maqsadida chorvachilikni rivojlantirish uchun 125 nafar fuqaroga 722,4 mln. so‘m, issiqxona qurish uchun 1 fuqaroga 4 mln. so‘m, parrandachilikni rivojlantirish uchun 1 fuqaroga 2 mln. so‘m, savdo aylanma mablag‘ini ko‘paytirish uchun esa 1 ta oilaviy korxonaga 60 mln. so‘m kredit berildi.

O‘tkazilgan yig‘ilish davomida deputatlik guruhi vakillari yuqoridagi masalalar bo‘yicha o‘zlarining fikr-mulohozalarini bildirishdi.

O‘zLiDeP Qoraqalpog‘iston

Respublikasi

 Kengashi matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    1310
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+