O‘zLiDeP qashqadaryolik faollarga “Yoshlar – kelajagimiz” Davlat dasturi doirasida imtiyozli kredit olishga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazdi

12.10.2018, 19:56

O‘zLiDeP qashqadaryolik faollarga “Yoshlar – kelajagimiz” Davlat dasturi doirasida imtiyozli kredit   olishga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazdi

O‘zLiDeP Qashqadaryo viloyat Kengashi Davlat raqobat qo‘mitasi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyati asoslarini o‘qitish respublika markazi viloyat hududiy bo‘linmasi bilan hamkorlikda “Yoshlar – kelajagimiz” Davlat dasturi ijrosini ta’minlashga qaratilgan mahsus o‘quv kurslar o‘tkazib kelyapti.

Ana shunday o‘quvlardan biri Qarshi davlat universitetida bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zLiDeP viloyat Kengashi, Tadbirkorlik faoliyati asoslarini o‘qitish Respublika markazi, tuman Milliybank, Mikrokreditbank xodimlari, Qashqadaryo viloyat savdo sanoat palatasi, Qarshi shahar soliq inspeksiyasi mas’ullari ishtirok etdi.

Tadbirda O‘zLiDeP viloyat Kengashi siyosiy ta’lim markazi rahbari O.Mavlonov “Yoshlar – kelajagimiz” Davlat dasturi yoshlar tadbirkorligini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etayotgani haqida so‘z yuritdi.

Shuningdek, o‘quv kursida, “Yoshlar – kelajagimiz” Davlat dasturi doirasida ajratiladigan imtiyozli kreditlar to‘g‘risida O‘zbekiston yoshlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash markazi Qashqadaryo viloyat bo‘linmasi rahbari A.Tohirovning ma’ruzasi tinglandi.

Tadbir yakunida tegishli tashkilot vakillari boshlovchi tadbirkor uchun lozim bo‘ladigan, biznesni yuritish va tadbirkorlik faoliyati sohasidagi qonunchilik asoslari to‘g‘risida zaruriy maslahatlar berildi, biznes reja ishlab chiqish tartibi tushuntirildi. Bu kabi maxsus o‘quv kurslari viloyatimizning barcha tumanlarida bo‘lib o‘tmoqda.

O‘zLiDeP Qashqadaryo viloyat

Kengashi matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    582
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+